Get Mystery Box with random crypto!

NAMOZ O'QISH TARTIBI

Telegram kanalining logotibi nomoz_organamiz — NAMOZ O'QISH TARTIBI N
Telegram kanalining logotibi nomoz_organamiz — NAMOZ O'QISH TARTIBI
Kanal manzili: @nomoz_organamiz
Toifalar: Din
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 3.68K
Kanalning ta’rifi

Assalomu alaykum Namoz o'qish tartibi kanaliga xush kelibsiz.
Kanal admini: @Odiljon_Shokirov
@Shokirov_Odiljon

Ratings & Reviews

4.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

2

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2022-08-07 08:26:13
#Mushaf_quran #Taroveh_tilovati

Adiyat surasi

Ustoz Odiljon qori


Ustoz Odiljon qori rasmiy sahifalari
Telegram | Facebook | YouTube | Instagram

Siz uchun maxsus Kanal
3.2K viewsOdilbek, edited  05:26
Ochish/sharhlash
2021-01-10 23:38:39 Assalomu alekum kanalimiz obunachilari HONANDA JAHONGIR MIRZODAN

#PRIMYERA

#Qo'shiq nomi


#Bandangni_kechir_Alloh Bizlarni kechir Alloh

Shoir Muhammad Solih qalamiga mansub

БИЗГА КÕШИЛИНГ

@Nomoz_organamiz

https://t.me/joinchat/UbNy8iHxridYU0ys
31.6K viewsShokirov Odilbek, edited  20:38
Ochish/sharhlash
2020-09-25 05:41:57
Ассалому алайкум ва роҳматуллоҳи ва барокатуҳ!

Азизлар, барчангизга Саййид-ул айём (кунлар саййиди), ҳажжул Масокин (мискинлар ҳажи) бўлмиш Жума айёми муборак бўлсин!

Аллоҳ таоло бугунги жума кунини тинчлик офиятда, яхши кайфиятда, савобли амаллар билан тўла бўлиб ўтишини барчамизга насиб қилсин !

Манба: Qashqadaryo_Qarshi_Shahrisabz_77

БИЗГА КÕШИЛИНГ

@Nomoz_organamiz

https://t.me/joinchat/AAAAAFGzcvLVVgCmUgHJdA
112.0K views𝘚𝘩𝘰𝘬𝘪𝘳𝘰𝘷 𝘖𝘥𝘪𝘭𝘣𝘦𝘬 О٦:Կl , 02:41
Ochish/sharhlash
2020-09-25 05:41:57
​​​​​​ЖУМА МУБОРАК ДЎСТИМ!

Иӣмондан кимки маҳрум,
Азобга бӯлар маҳкум.
Ассалому Алаӣкум,
Жума муборак дӯстим.

Шаӣтон куӣган кун бугун,
Мӯмин сӯӣган кун бугун.
Оддиӣ кунлардан устун,
Жума муборак дӯстим.

ЖУМА АЙЁМИНГИЗ МУБОРАК БЎЛСИН АЗИЗЛАР !!!

Манба: Uzb1000xilbozor

БИЗГА КÕШИЛИНГ

@Nomoz_organamiz

https://t.me/joinchat/AAAAAFGzcvLVVgCmUgHJdA
87.3K views𝘚𝘩𝘰𝘬𝘪𝘳𝘰𝘷 𝘖𝘥𝘪𝘭𝘣𝘦𝘬 О٦:Կl , 02:41
Ochish/sharhlash
2020-09-12 13:34:42 NAMOZ O'QISH TARTIBI pinned « NAMOZ O‘QISH TARTIBI Bir kunda besh vaqt (bomdod, peshin, asr, shom va xufton) namoz o‘qish har bir musulmonga farzdir. BOMDOD NAMOZI Bomdod namozi ikki rakat sunnat, ikki rakat farz – jami to‘rt rakatdan iborat. Bomdod namozining ikki rakat sunnati quyidagicha…»
10:34
Ochish/sharhlash
2020-09-12 13:34:10 OYATAL KURSI

A'uzu billahi minash-shaytonir rojiym. Bismillahir rohmanir rohiym.
Allohu la ilaha illa huval hayyul qoyyum. La ta'xuzuhu sinatuv-va la navm. Lahu ma fis-samavati va ma fil arz. Manzallaziy yashfa'u ‘indahu illa bi'iznih. Ya'lamu ma bayna aydihim va ma xolfahum va la yuxituna bi shay'im-min ‘ilmihi illa bima sha'a. Vasi'a kursiyyuhus-samavati val arz. Va la ya'uduhu hifzuhuma va huval ‘alliyyul ‘aziym.

Mazmuni:
Alloh — Undan o‘zga iloh yo‘qdir. (U hamisha) tirik va abadiy turuvchidir. Uni na mudroq tutar va na uyqu. Osmonlar va Yerdagi (barcha) narsalar Unikidir. Uning huzurida hech kim (hech kimni) Uning ruxsatisiz shafoat qilmas. (U) ular (odamlar)dan oldingi (bo‘lgan) va keyingi (bo‘ladigan) narsani bilur. (Odamlar) Uning ilmidan faqat (U) istagancha o‘zlashtirurlar. Uning Kursiysi osmonlar va Yerdan (ham) kengdir. U ikkisining hifzi (tutib turishi) Uni toliqtirmas. U oliy va buyukdir.

TASBEH

Subhanalloh
(33 marta)
Alhamdulillah
(33 marta)
Allohu akbar
(33 marta)

KALIMAI TAVHID

La ilaha illallohu vahdahu la sharika lah, lahul mulku va lahul hamd. Va huva ‘ala kulli shay'in qod`ir.

Mazmuni:
Allohdan o‘zga iloh yo‘q. U yagonadir, sherigi yo‘q, butun mulk Unikidir. Hamd-maqtov Unga xosdir. Va U har narsaga qodir zotdir.


Manba: Muslim taqvimi Dasturi

BIZGA QO'SHILING

@Nomoz_organamiz
80.6K views𝐒𝐡𝐨𝐤𝐢𝐫𝐨𝐯 𝐎𝐝𝐢𝐥𝐛𝐞𝐤 l5:ЗԿ , 10:34
Ochish/sharhlash
2020-09-12 13:34:10 NAMOZDAN KEYINGI ZIKRLAR

Namoz salom bilan tugaydi. Salomdan keyingi amallar (tasbehotu duolar) majburiy emas, ammo nihoyatda savoblidir.
Farz namozlaridan keyin quyidagi duoni o‘qish sunnatdir:

Allohumma antas-salam va minkas-salam. Tabarokta ya zaljalali val ikr`om.

Mazmuni:
Ey Allohim, Sen barcha ayb-nuqsonlardan poksan. Barcha salomatlik va rahmat Sendandir. Ey azamat va qudrat egasi bo‘lgan Allohim, Sening shoning ulug‘dir.
Umuman, har vaqt namozni tugatgandan so‘ng Oyatal kursi o‘qilsa, tasbehot qilinsa, savobi ulug‘ bo‘ladi.


Manba: Muslim taqvimi Dasturi

BIZGA QO'SHILING

@Nomoz_organamiz
67.6K views𝐒𝐡𝐨𝐤𝐢𝐫𝐨𝐯 𝐎𝐝𝐢𝐥𝐛𝐞𝐤 l5:ЗԿ , 10:34
Ochish/sharhlash
2020-09-12 13:34:10 PESHIN NAMOZI

Peshin namozi to‘rt rakat sunnat, to‘rt rakat farz va ikki rakat sunnatdan iborat.
To‘rt rakat sunnat quyidagicha o‘qiladi:
1. Niyat qilinadi.
2. Iftitoh takbiri aytiladi.
3. Sano duosi o‘qiladi.
4. Fotiha surasi. Keyin birorta zam sura.
5. Ruku.
6. Sajda.
7. «Allohu akbar» deb turib, yana Fotiha surasi, zam sura.
8. Ruku.
9. Sajda.
10. O‘tirib «Attahiyyat» o‘qiladi.
11. «Allohu akbar» deb yana turib, Fotiha surasi va zam sura.
12. Ruku.
13. Sajda.
14. «Allohu akbar» deb to‘rtinchi rakatga turiladi. Yana Fotiha surasi va zam sura.
15. Ruku.
16. Sajda.
17. O‘tirib, «Attahiyyat», «Salovot», «Robbana» duolari o‘qiladi.
18. Salom berib namozdan chiqiladi.
Peshin namozining farzi ham ayni shu tartibda o‘qiladi. Faqatgina niyat qilinayotganda «Alloh roziligi uchun peshin namozining to‘rt rakat farzini o‘qishga niyat qildim», deyiladi. Bundan tashqari, farzda uchinchi va to‘rtinchi rakatlarda «Fotiha»dan keyin zam sura qo‘shilmaydi.
Peshin namozining ikki rakat sunnati bomdod namozining sunnati kabi o‘qiladi.

ASR NAMOZI

Asr namozi to‘rt rakat farzdan iborat. Bu namoz bilan peshin namozi farzining o‘qilishi bir xil. Niyatda «Asr namozining to‘rt rakat farzini...» deyilsa bo‘ldi.

SHOM NAMOZI

Shom namozi uch rakat farz va ikki rakat sunnatdan iborat. Uch rakatli farzning o‘qilishi:
1. Niyat.
2. Iftitoh takbiri.
3. Sano.
4. Fotiha, zam sura.
5. Ruku.
6. Sajda.
7. Turib, Fotiha, zam sura.
8. Ruku.
9. Sajda.
10. O‘tirib, «Attahiyyat».
11. Turib, faqat Fotiha.
12. Ruku.
13. Sajda.
14. O‘tirib, «Attahiyyat», «Salovot», «Robbana» duolari.
15. Salom.
Shom namozining ikki rakat sunnati bomdod namozining ikki rakat sunnati kabi o‘qiladi.

XUFTON NAMOZI

Xufton namozi to‘rt rakat farz, ikki rakat sunnatdan iborat.
Xufton namozining to‘rt rakat farzi peshin namozining farzi kabi o‘qilib, faqat niyatda farq bo‘ladi. Xuftonning ikki rakat sunnati ham yuqorida o‘rganganimiz bomdod va shom namozlarining ikki rakat sunnatlari kabi bir xil tartibda o‘qiladi.

VITR NAMOZI

Vitr namozi uch rakatli bo‘lib, vojib ibodat sanaladi. Farzdan quyiroq, sunnatdan ulug‘ turadi. O‘qilishi shart. Biror sabab ila vaqtida o‘qilmay qolsa, qazosi o‘qiladi. Vitr namozi xufton namozidan keyin o‘qiladi.
Quyidagi tartibda ado etiladi:
1. Niyat.
2. Iftitoh takbiri.
3. Sano.
4. Fotiha, zam sura.
5. Ruku.
6. Sajda.
7. Ikkinchi rakatga turib, «Fotiha», zam sura.
8. Ruku.
9. Sajda.
10. O‘tirib, «Attahiyyat» duosi.
11. Uchinchi rakatga turib «Fotiha», zam sura.
12. Zam suradan keyin o‘sha tik turgan holda «Allohu akbar», deb quloq qoqiladi.
13. Qo‘l qovushtirilib, Qunut duosi o‘qiladi.

QUNUT DUOSI

Allohumma inna nasta'inuka va nastag‘firuk. Vanu'minu bika va natavakalu ‘alayka va nusniy ‘alaykal xoyr. Kullahu nashkuruka va la nakfuruk. Va naxla'u va natruku may-yafjuruk.
Allohumma iyyaka na'budu va laka nusolliy va nasjudu va ilayka nas'a va nahfidu narju rohmatak(a). Va naxsha ‘azabaka inna ‘azabaka bil kuffari mulhiq.

Ma'nosi: Allohim! Biz Sendan yordam istaymiz, gunohlarimizni afu etishingni so‘raymiz. Allohim! Senga imon keltiramiz, ishlarimizda Senga suyanamiz va Senga tavakkal qilamiz. Va Senga hamd aytamiz. Butun yaxshiliklar Sendandir. Bizlarga berganing shuncha ne'matlar tufayli Senga shukrona aytamiz va nonko‘rlik qilmaymiz. Senga qarshi nonko‘rlik qilgan gunohkorlardan ayrilamiz, ular bilan aloqani uzamiz.
Allohim! Biz yolg‘iz Sengagina qullik qilamiz, namozni Sen uchungina o‘qiymiz. Sengagina sajda qilamiz. Sengagina intilamiz. Ibodatni xushu'-kamtarlik bilan ado etamiz. Rahmating ko‘p bo‘lishini so‘raymiz, azobing-dan qo‘rqamiz. Hech shubha yo‘qki, Sening azobing kofirlargadir.

14. Ruku.
15 Sajda.
16. O‘tirib «Attahiyyat», «Salovot», «Robbana» duolari.
18. Salom.


Manba: Muslim taqvimi Dasturi

BIZGA QO'SHILING

@Nomoz_organamiz
66.7K views𝐒𝐡𝐨𝐤𝐢𝐫𝐨𝐯 𝐎𝐝𝐢𝐥𝐛𝐞𝐤 l5:ЗԿ , 10:34
Ochish/sharhlash