Get Mystery Box with random crypto!

Rasululloh sollallohu alayhi va sallam xastalanib, ozib ketgan | N. N.

Rasululloh sollallohu alayhi va sallam xastalanib, ozib ketgan kishini koʻrgani bordilar. Uning ahvoli eʼtiborlarini tortdi. Soʻradilar:
- Biror narsa deb duo qilganmiding?
- Allohim! Oxiratda beradigan azobingni shu dunyoda bergin, - deb duo qilgandim.
- Subhanolloh! Bunga toqating yetmaydi-ku! Nega: "Robbimiz, bizga bu dunyoda ham yaxshilikni bergin, oxiratda ham yaxshilikni bergin", deb soʻramading? - deb hayron boʻldilar Paygʻambar alayhissalom.

Abdulqodir Samarqandiy "Qalblardan soʻrang"