Get Mystery Box with random crypto!

Sevarman men seni jondan ichkari, Yo'lim kechmas bu arkondan i | N. N.

Sevarman men seni jondan ichkari,
Yo'lim kechmas bu arkondan ichkari.
Qay yerga boqar ersam to'ladirsan,
Seni qanday qo'yam bundan ichkari.
Meni menda dema, menda emasman,
Bir men bordir menda mendan ichkari.
Meni mendan olganga yetmas qo'lim,
Qadam kim bosar sultondan ichkari.
Tajallidan nasib yetdi kimiga,
Kimining maqsudi undan ichkari?
Kima tegar esa ul do'st nazari,
Uning shu'lasi bor kundan ichkari.
O'tar ekan Yunus lol bo'ldi do'stga,
Ki, qoldi eshikda undan ichkari.

Yunus Emro