Get Mystery Box with random crypto!

Romantika. Hmmm, nima desam ekan Romantika ham qaysidir o'r | N. N.

Romantika. Hmmm, nima desam ekan Romantika ham qaysidir o'rinda kerak albatta. Lekin bu degani zino va zinoga yaqinlashish emas. Albatta, gul juda ajoyib sovg'a. Bugun bir kanallga ulanib qoldim, " Infinity roses". Gullarning narxini ko'rib kapalagim uchib ketdi. 5mlnga ham gul bo'larkanmi. Bunaqa qimmat gul bilan emas, ikki og'iz shirin so'z bilan berilgan oddiy boychechal ham ayol( unutmang haqiqiy qalbli ayol)ni sevintiradi, sizga bo'lgan mehr ca hurmatini oshiradi. Ammo bazilar romantika deb bilgan to'ylardagi vals, tort, gul uloqtirish va shu kabi narsalar romantika emas. Va yana bir narsaki, romantika ham atrofdagilarni sizga va sevgilingizga havas qilishlari uchun ko'z-ko'z qilib emas, halolingiz bo'lgach ikki qalb orasida bo'lgani ma'qul