Get Mystery Box with random crypto!

Oʻylamangki, uning qalbi yoʻq, Koʻpni sevar, koʻpni koʻzlaydi. | N. N.

Oʻylamangki, uning qalbi yoʻq,
Koʻpni sevar, koʻpni koʻzlaydi.
Hamma bilan boʻlsa ham doʻst, shoʻx,
U bir dardkash qalbni izlaydi.

Hayot takror uchrashtirarkan,
Kimni senlab, kimni sizlaydi.
Yoʻq, ularga bermaydi u taʼn,
U bir dardkash qalbni izlaydi.

Dersiz "oshiqlari emas kam,
Oʻ, qanchasi unga soʻzlaydi".
Dilrozlarni tinglab turib ham
U bir dardkash qalbni izlaydi.

Yoki demang, "qish sovugʻiday
Unga yaqin yurgan muzlaydi".
Oʻzgalarga harorat bermay,
U bir dardkash qalbni izlaydi.

Demang, maʼyus tortib qolgan,
ʼʼUnutgan oshigʻin eslaydiʼʼ.
Ishonchini hamon qilmay kam,
U bir dardkash qalbni izlaydi.

Halima Xudoyberdiyeva