Get Mystery Box with random crypto!

Meni eng koʻp oʻyga toʻldiradigan vaziyat - behuda tortishuvla | N. N.

Meni eng koʻp oʻyga toʻldiradigan vaziyat - behuda tortishuvlar...
Shundoq ham qiyomat yaqin bir zamonda arzimagan, muammo deb atashga noloyiq boʻlgan bir masalada janjallashish...
Siz bilmaysizki, balkim oxirat vaqti kelayotgandir... Balki qiyomat biz qabrga kirmasimizdan oldin boʻlar...
Shunday zamonda oxiratni oʻylash oʻrniga nimalar qilyapmiz...
Har bir qilayotgan harakatimiz, gapirayotgan gaplarimiz, fikr yuritayotgan masalalarimiz oxiratimiz uchun qanchalar manfaatli ekanligini oʻylab keyin qilishimiz kerak boʻlgan zamondamiz, azizlar!..
Iltimos qilaman oʻzimdan va sizlardan:
Oxiratni oʻylaylik...
Qiyomatni oʻylaylik...
Azobni oʻylaylik...
Ajrni oʻylaylik...