Get Mystery Box with random crypto!

SABABI...

Telegram kanalining logotibi nimasababi — SABABI... S
Telegram kanalining logotibi nimasababi — SABABI...
Kanal manzili: @nimasababi
Toifalar: Telegram
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 743
Kanalning ta’rifi

"Nega unaqa, buning sababi nima" shu kabi savollarga javob berib boruvchi kanal.

Ratings & Reviews

3.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 2

2022-10-17 17:25:38
Nega motivatsiya vaqtinchalik?

- Buning sababi shuki siz motivatsiya olganingizda bir ishga ishtiyoq bilan kirishasiz, ammo keyinchalik boshlagan ishingiz sizga yoqmay qoladi va siz tezda yengilasiz.

P.S. Unutmang muvaffaqiyatga erishishda motivatsiyani o'zi yetarli emas, eng asosiy narsa intizom.

@nimasababi - kanalimizni kuzatib boring
2.5K viewsedited  14:25
Ochish/sharhlash
2022-10-17 06:29:49
Nega kelin ko'ylaklar oq rangda?

- Ushbu urf Angliyada 1840-yilda qirolicha Viktoriya va shahzoda Albert o'rtasidagi to'yda boshlangan. Vikyoriya oq rangni tanlagan va bu odat virusdek tarqala boshlagan.


@nimasababi - kanalimizni kuzatib boring
2.6K views03:29
Ochish/sharhlash
2022-10-16 08:00:32
Nega isitish batareyalari derazani ostiga o'rnatiladi?

- Buning sababi shuki, derazadan kiradigan xavo oqimi batareyalardan chiqadigan issiqlik bilan qo'shilib butun xona bo'ylab issiq havo tarqaladi. Natijada xona isiydi. Issiqlikni hona bo'ylab tez tarqalishi uchun havo oqimi juda zarur.


@nimasababi - kanalimizni kuzatib boring
2.7K views05:00
Ochish/sharhlash
2022-10-15 22:15:21
Nega itlar o'z dumlarini quvlashadi?

- Bunga asosiy sabab zerikishdir. It uyda yolg'iz qolsa, u ko'ngil yozishga harakat qiladi va o'z dumi ortidan yugura boshlaydi.

- shuningdek bu itning sog'lig'i bilan ham bog'liq bo'lishi mumkin. Agar terida jarohat yoki yaralar bo'lsa, demak, it qichishish tufayli shunaqa qilyapti. Bunday holda veterinarga murojaat qilish kerak.


@nimasababi - kanalimizni kuzatib boring
2.7K views19:15
Ochish/sharhlash
2022-10-15 13:21:07
Nega super yelim o'z idishiga yopishib qolmaydi?

- Bu savol ko'pchilikni o'ylantirgani aniq. Gap shundaki yelim ( superkley) kimyoviy ta'sirga kirishishi uchun kislorod kerak. Uning idishi ichida esa kislorod bo'lmaydi va shu sababli yelim idishiga yopishib qolmaydi.

P.S. Yelim bilan ko'p muammoga yo'liqqan do'stlarga yuboramiz

@nimasababi - kanalimizni kuzatib boring
3.1K viewsedited  10:21
Ochish/sharhlash
2022-10-14 19:07:44
Nega kitob o'qiganimizda uyqu keladi. Buning sababi nima?


Doktor Xristian Jarret buni shunday tushuntiradi - kun davomida faol harakatdan so'ng ko'pchilik kitob o'qiganida o'ziga qulay holatda o'tirib, yotib, yonboshlab.... o'qishadi. Bu tanani bo'shashishiga olib keladi va matn tashqi olamdan, muammolardan chalg'itadi va ushbu holat uyquga sabab bo'ladi.

@nimasababi - kanalimizni kuzatib boring
3.1K views16:07
Ochish/sharhlash
2022-10-14 14:40:17
Nega suv olovni o'chiradi?

- Suv ho'l bo'lgani uchun olovni o'chiradi deyishingiz mumkin, ammo spirt va benzin ham ho'l. Ammo, ular aksincha olovni yonishiga yordam beradi.

- Gap shundaki, suv olovga tegsa bug'ga aylanadi va bu orqali yonayotgan jismning haroratini pasaytiradi. Bug' esa olov bilan havoni reaksiyaga kirishishiga to'sqinlik qiladi. Shu sababli olov o'chadi.


@nimasababi - kanalimizni kuzatib boring
3.1K viewsedited  11:40
Ochish/sharhlash
2022-10-14 04:50:04
Nega kaftlarimizda chiziqlar mavjud?

- Kaftdagi chiziqlar hech qanday kelajakdan habar bermaydi.

- Ilmiy jihatdan kaftlardagi chiziqlar mushtni yopish va ochish, turli narsalarni qo'l bilan ushlash va yana ayrim kasalliklarni aniqlashda ishlatiladi. Ushbu chiziqlar qo'llardagi terining cho'zilmasligi uchun kerak.


@nimasababi - kanalimizni kuzatib boring
3.4K views01:50
Ochish/sharhlash
2022-10-13 08:24:59
Nega tish pastalaridagi ranglar aralashib ketmaydi?

- Ko‘pchilik tish pastalari 3 xil rangda bo‘ladi: ko‘k, oq, qizil.
Ulardagi kimyoviy moddalar oz bo'lsada farq qiladi. Shu sababli ularning zichligida ham farq borligi uchun ular aralashib ketmaydi.


@nimasababi - kanalimizni kuzatib boring
4.2K viewsedited  05:24
Ochish/sharhlash
2022-10-13 04:31:29
Nega iphonedagi olma tishlangan?

- 1997 yilda Stiv Jobs dizayner Rob Yandan oddiyroq logotip tayyorlashni so‘raydi. Shuningdek unda 6 ta rangni qo‘llab-quvvatlashi bilan inqilobiy ekranga ega bo‘lgan Apple II'ning displaeyi ham aks etishi kerak edi. Shunday qilib tishlangan olma shaklidagi kamalak rangli logotip tug‘uldi.

- Bu olma nega tishlangan, degan savol hammma vaqt ham bo'lgan. Dizaynerning fikricha odamlar uni olma ekanini bilishlari, pomidor deb o‘ylamasliklari uchun ham logotip tishlangan shaklda ifodalangan.

- Olmaning " tishlanishi" ingliz tilida "bite" so‘zini ifidalaydi. Sababi, o‘sha vaqtlarda kompyuterdagi ma‘lumot "bayt" birligida o‘lchangan. Apple bu bilan kompyuterlari marketingini ham ko‘zlagan.


@nimasababi - kanalimizni kuzatib boring
4.2K views01:31
Ochish/sharhlash