Get Mystery Box with random crypto!

#iqtibos sizga ham ilindim… O’z ilmi bilan faxrlanadigan, hil | Nilufar bintu Ulug'bek_Rasmiy

#iqtibos sizga ham ilindim…

O’z ilmi bilan faxrlanadigan, hilmdan nasibasi bo’lmagan Ibn Kamol ismli olim bor edi. Huzuriga kirish ancha mashaqqat bo’lib, bu “baxt” hammaga ham nasib qilmasdi. Bu bizga ilmda har qancha darajasi bo’lmasin, kibr ularni ham mahv qilishini, ulardan ham oliy Biluvchu borligini ko’rsatadi.
Bir cho’pon bu olim haqida eshitib, u bilan ko’rishmoqchi bo’lib, ancha yo’l bosib kelibdi. Qanchalik iltimos qilmasin, oyoq tirab turib olmasin izn berilavermabdi.
Hizmatkorlari cho’ponning uzoqdan kelganini, ko’p olimlar bilan ko’rishganini, ammo hech birlari savoliga javob bera olmaganini, boshqa olimlar uning manzilini berganini aytib, savoliga javob olmasdan ketmasligini olimga bildirishibdi.
Bundan ibn Kamol shogirdi oldida yana g’ururga berilib, bepisand holda:
⁃ Nima u gaplashishga boshqa odam topa olmabdimi, debdi.
⁃ U boshqa odamlar, olimlar bilan ko’rishgan, biroq savoliga javob ololmagan, u bilan uchrashgan olimlarning bari unga sizning manzilingizni beribdi, debdi.
Shundagina: “Mayli, kirsin”, deb izn beribdi.
Cho’ponni olimning huzuriga boshlab kelishadi. O’zini qiziqtirib qo’ygan olimga boshdan-oyoq nazar soladi, olin ham cho’ponni o’tkir nigohlari bilan kuzatadi. Ibn Kamol cho’ponga so’z beradi:
⁃ Qani, olimlar javib topa olmagan savolingni ayt-chi.
⁃ Janob, Allohning ilmi qay darajda?
Ibn Kamol bu savolni eshitib, hayrat bilan: “Haqiqatdan ham, bu juda yaxshi savol”, - dedi. Qo’liga qog’oz-qalam olib, katta doira chizdi:
⁃ Hoy cho’pon, mana bu doirani ko’ryapsanmi?
Cho’pon olimga yaqin borib, qog’ozga qarab:
⁃ Ha, ko’ryapman, dedi.
⁃ Bu butun doirani koinot deb hisobla. Bu doira va uning tashqarisidagi cheksiz makon - Allohning ilmi.
⁃ Tushundim.
⁃ Yana savoling bormi?
⁃ Ha, janob. Payg’ambarimiz alayhissalomning ilmlari qay darajada?
U doira o’rtasiga yana bir kichik doira chizadi:
⁃ Mana bu kichik doirani dunyo deb tasavvur qil. Payg’ambarimiz alayhissalomning ilmini esa dunyo qadar deb bil.
⁃ Boshqa payg’ambarlarning bilmlari qay darajada?
Ibn Kamol doira ichida yana bir necha doiralar chizdi:
⁃ Ularning bilmlari shu chizilgan doiralar kabi. Cho’pon yana sekin va muloyim ohangda so’radi:
⁃ Avliyo va ulamolarning bilimlari qanchalik, janob? Ibn Kamol doiralarning o’rtasiga kichkina nuqta qo’yadi:
⁃ Ularning bilimlari shu nuqtaning o’lchami qadardir.
⁃ Rahmat, janob! Yana bir savolim bor.
⁃ So’ra.
Bu savol ibn Kamolni larzaga soldi:
⁃ Janob, siz shu nuqtaning qayeridasiz?
Ibn Kamol cho’ponning ko’zlariga tikilib o’rnidan turdi.
⁃ Buni men ham bilmayman, deb javob beribdi.

P/s: qaysi kitobdan deb o’ylaysiz?

@NilufarbintuUlugbek