Get Mystery Box with random crypto!

​​Bir odam cho'lda ketayotgan ekan, ot minib. Cho'lda chanqoqd | Nazirov

​​Bir odam cho'lda ketayotgan ekan, ot minib. Cho'lda chanqoqdan "suv, suv" deb ingrab yotgan odamni ko'ribdi. Otdan tushibdida, yonidagi suvni olib ichiribdi. Ustini qoqibdi, boshini silab, uyoq buyog'iga qarab o'ziga keldiribdi. U odam o'rnidan turib, bitta sakrab otga minib, otni olib qochibdi. Shunda yaxshilik qilgan odam orqasidan baqirarmish:
- Hoy to'xta, bitta gapim bor, otga ham roziman, gapimni eshit.
- Nima gap?
- Mana shu qilgan xiyonatingni hech kimga aytma.
- Nimaga?
- Agar bu gapni tarqatsang, odamlar, cho'lda senga o'xshab qiynalib yotgan odamga yordam bermay qo'yadi.
Mana shunday fikr tarqalib ketishini olish, yaxshilikni davom etishini ta'minlash uchun ham yashash kerak


Abror Muxtor Aliy nutqidan