Get Mystery Box with random crypto!

Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan fuqarolar diqqatiga! Tas | Navruz MFY yoshlari

Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan fuqarolar diqqatiga!

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi hamda Shveysariyaning “GLOBOGATE Concept AG.” tashkiloti oʻrtasidagi hamkorlik kelishuviga asosan tajribali tibbiyot xodimlarini Germaniya tibbiyot muassasalariga ishga jalb qilish dasturi ishlab chiqilgan.

Nomzodlar uchun talablar:

Umumiy hamshiralik uchun – shifoxonaning turli boʻlimlarida kamida 2 yillik tajribaga ega hamshiralar (faqat bemorlarni parvarishlagan) boʻlishi;

39 yoshdan oshmagan boʻlishi;

shifoxonada ish tajribasiga ega boʻlishi (stomatolog, oʻqituvchilik va dorishunoslik, ginekologiya, shoshilinch tez tibbiy yordam, pediatriya, poliklinika-patronaj, akusherlik sohasida shugʻullangan nomzodlar qabul qilinmaydi);

sudlanmagan boʻlishi;

jismonan sogʻlom boʻlishi;

tibbiyot kolleji (faqat 3 yillik diplom yoki OMX) tamomlagan boʻlishi;

bemorlarga gʻamxoʻrlik qilish qobiliyatiga ega boʻlishi;

Angren shahrida tashkil etiladigan nemis tili kurslarida 10 oy davomida oʻqish (2 bosqichli tanlovlardan muvaffaqiyatli oʻtgan nomzodlargina dasturda ishtirok etadi);

nomzodlar nemis tili kurslarida qatnashayotgan vaqtda mehnat faoliyati bilan shugʻullanmasligi;

Toshkent shahridagi Gyote instituti imtihonlaridan muvaffaqiyatli oʻtishi;

Loyihada ishtirok etish istagida boʻlgan fuqarolarga quyidagi sharoitlar yaratib beriladi:

Angren shahrida bepul turar joy;

oʻquv xonasi;

oylik stipendiya (6 oy).

Shuningdek, “GLOBOGATE Concept AG.” quyidagi xarajatlarni qoplab beradi va xizmatlarni kafolatlaydi:

nemis tili oʻqituvchisi va oʻquv materiallari;

til darajasi uchun Toshkentdagi Gyote institutida imtihon topshirish;

hujjatlarni tarjima qilish va tasdiqlash;

oʻquv dasturini muvaffaqiyatli tamomlagan nomzodlar uchun viza olish va Germaniyada ishga joylashish;

Toshkent xalqaro aeroportidan Germaniyaga aviachipta va Germaniyadagi aeroportdan ish joyigacha transfer;

mehnat sharoitlari nemis hamshiralari bilan bir xil (oylik 2 450 € dan boshlanadi, nafaqa, sugʻurta, taʼtil) va butun jarayon davomida doimiy qoʻllab-quvvatlash.

Ro‘yxatdan o‘tish uchun

Batafsil ma’lumot olish

Murojaat uchun: 71-202-33-55 (ichki raqam 66) yoki 1282 qisqa raqami.

Мурожаат учун: 55 403-12-82.
Каналга обуна бўлиш
https://t.me/qashmigration