Get Mystery Box with random crypto!

# Referendum # Karmana tumani Karmana tuman Kengashi deputatl | Navoiy Ekologik partiyasi

# Referendum
# Karmana tumani

Karmana tuman Kengashi deputatlari prof. Sh.N.Nasirova, T. Xalilova, G.A.Sharopova, F.X.Eshonqulovnalar 1,2,3,5,6,7,11-sonli DMTTlarida faoliyat olib borayotgan xodimlar bilan “Konstitutsiya – farovonlik kafolati” deb nomlangan tadbir tashkil etishdi. Tadbirda yangi tahrirdagi Konstitusiyada O‘zbekiston – suveren, demokratik, huquqiy va ijtimoiy davlat ekani qat’iy belgilab qo‘yilganligi ya’ni, insonga e’tibor hamda g‘amxo‘rlik – davlat va jamiyatning eng asosiy burchi ekani mustahkamlangani ta’kidlab o‘tildi. Konstitusiyada kambag‘allikni qisqartirish, bandlikni ta’minlash, ishsizlikdan himoya qilish bo‘yicha davlat o‘ziga qator yangi majburiyatlar olishi belgilanganligi, umuman davlatning ijtimoiy sohadagi majburiyatlari bilan bog‘liq Konstitusiyadagi normalar 3 barobar ko‘paytirilganligi aytildi. Maktabgacha ta’lim tizimidagi o‘zgarishlar to‘g‘risida ham ma’lumotlar berildi.

Kanalimizga obuna bo‘ling
https://t.me/navoiyekopartiya