Get Mystery Box with random crypto!

Prezident Qozogʻistonga joʻnab ketdi Oʻzbekiston prezidenti S | Navoiy Yangiliklar 24

Prezident Qozogʻistonga joʻnab ketdi

Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozogʻiston prezidenti Qasim-Jomart Toqayevning taklifiga binoan 5 dekabr kuni davlat tashrifi bilan Nur-Sulton shahriga joʻnab ketdi, deya xabar qildi davlat rahbari matbuot xizmati.

Avval xabar qilinganidek, muzokaralarda siyosiy muloqot va savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish, iqtisodiyotning turli tarmoqlarida kooperatsiya loyihalarini amalga oshirish, transport-logistika salohiyatini oshirish, madaniy-gumanitar aloqalarni faollashtirishning dolzarb masalalari muhokama qilinadi.

Tashrif yakunida hamkorlikni yangi bosqichga koʻtarishga qaratilgan koʻplab hujjatlar imzolanishi rejalashtirilgan.

Каналимизга обуна бўлинг
https://t.me/joinchat/KcwFixxxDbIwM2Fi