Get Mystery Box with random crypto!

Andijon davlat universitetida ota-onalar majlisiga kelgan ayol | Navoiy Yangiliklar 24

Andijon davlat universitetida ota-onalar majlisiga kelgan ayol 4-qavatdan tushib ketdi

4-dekabr kuni 28 yoshli ayol Andijon davlat universiteti 4-qavatidan tushib ketdi. Bosh prokuratura matbuot xizmati ushbu holat yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilganligini maʼlum qildi.

Qayd etilishicha, ayol universitetga ushbu oliygohning 2-bosqich talabasi oila aʼzosi sifatida ota-onalar majlisiga kelgan.

Majlis taʼmirlash ishlari amalga oshirilayotgan «Tarix» fakultetining binosida boʻlib oʻtgan. Shunda u binoning 4 qavatida uyali aloqa telefon apparatidan foydalanib, ehtiyotsizligi oqibatida tuzatilayotgan zinalardan yurgan. Ushbu zinalar toʻsiqlar bilan oʻralmaganligi sababli zinapoyadan pastga yiqilgan va ogʻir tan jarohati olgan.

Каналимизга обуна бўлинг
https://t.me/joinchat/KcwFixxxDbIwM2Fi