Get Mystery Box with random crypto!

Navoiy kanal

Telegram kanalining logotibi navoiy — Navoiy kanal N
Kanaldagi mavzular:
Чилла
Тезкор
Даҳшат
Telegram kanalining logotibi navoiy — Navoiy kanal
Kanaldagi mavzular:
Чилла
Тезкор
Даҳшат
Kanal manzili: @navoiy
Toifalar: Yangiliklar
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 85.08K
Kanalning ta’rifi

Navoiy viloyati va Navoiy shahri yangiliklari kanaliga xush kelibsiz!
Reklama uchun 👉 @ClickUZB
Navoiyda bo'lgan voqea va hodisalarga guvoh bo'lsayiz foto va videolarini @dmin_navoiy ga yuboring.

Ratings & Reviews

2.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

2

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 249

2021-02-14 09:17:25
Navoiy shahrida asosiy moshinalar qatnov qismi yopilgan (moshinalar harakati toʻxtatilgan)


@NAVOIY Kanali
11.4K viewsedited  06:17
Ochish/sharhlash
2021-02-12 17:52:18
“Qizilqum” Turkiya yigʻinini gʻalaba bilan yakunladi

Ikki hafta mobaynida Turkiyaning Antaliya shahrida oʻquv-mashgʻulot yigʻinini oʻtkazgan “Qizilqum” futbolchilari yigʻin doirasida soʻnggi nazorat uchrashuvini gʻalaba bilan tugatishdi.

Navoiyliklarning bu galgi raqibi Gruziyaning “Dila” (Gori) klubi boʻldi.
Gori shahri sharafini himoya qiluvchi klub 70 yillik tarixga ega boʻlib, 2015-yilda mamlakat chempioni, 2012-yildi Gruziya kubogini qoʻlga kiritgan.

Shu tariqa “Qizilqum” Turkiyadagi oʻquv-mashgʻulot yigʻiniga yakun yasadi. Yigʻin davomida futbolchilarmiz oltita nazorat uchrashuvini oʻtkazishib, 4 ta gʻalaba, 1 durang va 1 magʻlubiyat qayd etishdi.

@NAVOIY Kanali
13.7K views14:52
Ochish/sharhlash
2021-02-12 07:32:00
Avtomobilingizni bagaji oxirigacha ochilishini xoxlaysizmi?

Buni yo‘li juda oson va samarali ekan! (Sinab ko‘rdik)
15.2K views04:32
Ochish/sharhlash
2021-02-11 13:04:08
Qobul Tursunovga 2021-yilda 60 ming ish oʻrni yaratish vazifasi topshirildi

Shavkat Mirziyoyev 2021-yilgi davlat dasturi ijrosini samarali tashkil etishga bagʻishlangan yigʻilishda viloyat hokimlariga bir qator topshiriqlar berdi.

Navoiy viloyati hokimi Qobul Tursunovga tegishli vazirliklar bilan hamkorlikda quyidagi ishlarni amalga oshirish vazifasi yuklatildi:

Yil davomida 60 ming nafar fuqaro uchun ish oʻrinlari yaratish;

1-sentyabrga qadar 91 nafar mehribonlik uylarining muhtoj boʻlgan bitiruvchilarini uy-joy bilan taʼminlashi;

Yil oxiriga qadar 110 ta uy bogʻchalarini tashkil etishga bevosita masʼul boʻlish;

8 ta maktabda fizika fanini chuqur oʻrgatishni yoʻlga qoʻyish.

@NAVOIY Kanali
11.8K viewsedited  10:04
Ochish/sharhlash
2021-02-11 13:03:18
UZTELECOM-dan qulay va arzon Internet-to'plamlarga ulaning!
Barcha viloyatlar uchun amal qiladi!
My Uzmobile USSD ilovasidan foydalanib ko'ring
11.6K views10:03
Ochish/sharhlash
2021-02-11 07:20:10
Amerikalik o‘qituvchilar Navoiyda dars beradi

O‘zbekistondagi ta’lim muassasalarida ingliz tilidan dars berish uchun AQSHdan 27 nafar o‘qituvchi keldi.

«O‘zbekiston prezidenti parlamentga qilgan murojaatida chet tillarini o‘rganishni bu yilgi ustuvor vazifalardan biri deb ta’kidladi. Shu bois, joylarda ingliz tilini o‘rgatishni yanada yaxshilashga ko‘maklashishi uchun biz AQSHdan mutaxassislarni taklif etdik. Bu bizga yuqori maqsadlarga ega «English speaking Nation» loyihamizni amalga oshirishda yaqindan yordam beradi», dedi xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov.

O‘qituvchilarning aksari mahalliy o‘qituvchilar davrasiga qo‘shilib, sinfxonalardagi darslarda bevosita ishtirok etadi.

Mutaxassislar Toshkent, Qashqadaryo, Andijon, Samarqand, Buxoro, Xorazm, Namangan, Surxondaryo, Farg‘ona, Jizzax, Navoiy viloyatlari, Toshkent shahri va Qoraqalpog‘iston Respublikasida faoliyat olib borishi rejalashtirilgan.

@NAVOIY Kanali
12.6K views04:20
Ochish/sharhlash
2021-02-11 06:51:03
Uz
#Щебеньгранитный Марки М1400
#Навои #Navoi
#Зиадин
Срочная доставка в день обращения
Доставка крупно или мелкогабаритным транспортом
Крупным и постоянным клиентам скидка от 5% до 20%
У нас самые низкие цены в Узбекистане (Самое высокое качество)
По всем вопросам обращайтесь по номеру:
+99897-9182212 Анвар
+99891-3337997 Хабиб

Barcha savollar bo'yicha
telefon raqamlarga qo'ng'iroq qiling
NORUDA XOM-ASHYOLARGA HOZIROQ BUYURTMA BERING!

Eng yaxshi narxlar, sifatli xom-ashyolar va obyektingizgacha o'z vaqtida yetkazib berish.

Madina Savdo belgisi
14.4K views03:51
Ochish/sharhlash
2021-02-11 06:32:56
Navoiy davlat pedagogika institutida tibbiyot yo‘nalishidagi fakultet tashkil etiladi

2021/22 o‘quv yilida tibbiyot oliygohlari bo‘lmagan Qarshi davlat universiteti, Jizzax davlat pedagogika instituti, Navoiy davlat pedagogika instituti va Guliston davlat universitetlarida tibbiyot yo‘nalishidagi fakultetlar tashkil etiladi. Bu haqda «Taraqqiyot strategiyasi» markazi tashabbusi bilan o‘tkazilgan xalqaro forumda SSV vakili O‘ktam Ismailov ma’lum qilgan.

Ismailovning so‘zlariga ko‘ra, koronavirus pandemiyasi davrida O‘zbekiston bo‘ylab qariyb 30 ming o‘rinli davolash maskanlari tashkil etilgan.

Ushbu maskanlar 85 mln dollarlik 3 ta MSKT, 56 ta rentgen, 2 303 ta funksional krovat, 2 960 ta SIPAP, 5 537 ta kislorod konsentratori, 1 850 ta IVL, 1 564 ta kardiomonitor, 150 ta PZR apparati va boshqa zaruriy anjomlar bilan ta’minlangan.

2021 yilda qo‘shimcha ravishda 100 ta oilaviy shifokor punkti va 24 ta oilaviy poliklinika tashkil etiladi.

@NAVOIY Kanali
15.2K viewsedited  03:32
Ochish/sharhlash
2021-02-10 09:04:37
Navoiyda Cobalt va Tico to‘qnashishi oqibatida haydovchilardan biri yonib ketdi.

@NAVOIY Kanali
12.8K viewsedited  06:04
Ochish/sharhlash
2021-02-09 13:13:50
Zarafshonda haydovchining shoshqaloqligi sababli bir kishi hayotdan ko‘z yumdi

@NAVOIY Kanali
12.5K viewsedited  10:13
Ochish/sharhlash