Get Mystery Box with random crypto!

NavDPI | Rasmiy kanal

Telegram kanalining logotibi navdpi_rasmiy — NavDPI | Rasmiy kanal N
Telegram kanalining logotibi navdpi_rasmiy — NavDPI | Rasmiy kanal
Kanal manzili: @navdpi_rasmiy
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 5.23K
Kanalning ta’rifi

Navoiy davlat pedagogika institutining rasmiy telegram sahifasi
NavDPI Axborot xizmati
Murojaat uchun: @Kamol_Xolov

Ratings & Reviews

3.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 4

2022-07-07 16:25:55 #Qabul2022

Harbiy tavsiyanomaga ega bo‘lganlar uchun qo‘shimcha 5 %li qabul ko‘rsatkichlari taqsimoti

Davlat komissiyasining bayoni bilan O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni o‘tab, harbiy qism qo‘mondonligining tavsiyanomalariga ega bo‘lganlar uchun qo‘shimcha besh foizli qabul ko‘rsatkichlarining oliy ta’lim muassasalari va ta’lim shakllari kesimidagi taqsimoti tasdiqlandi.

Unga ko‘ra, harbiy qism qo‘mondonligining tavsiyanomalariga ega bo‘lganlar uchun respublika bo‘yicha jami 9 045 ta qo‘shimcha kvota ajratildi. Ta’lim shakllari kesimida:

kunduzgi ta’lim shakli uchun – 6 151 ta (davlat granti asosida - 1588 ta, to‘lov-kontrakt asosida - 4 563);
sirtqi ta’lim shakli uchun – 2 228 ta (to‘lov-kontrakt asosida);
kechki ta’lim shakli uchun – 495 ta (to‘lov-kontrakt asosida);
masofaviy ta’lim shakli uchun – 171 ta (to‘lov-kontrakt asosida).

Kvotalar to'liq @eduuzuniversalbot

Bizni kuzating: @eduuz
456 views13:25
Ochish/sharhlash
2022-07-07 16:25:55 #Qabul2022

Ichki ishlar organlari xodimlarining farzandlari uchun qo‘shimcha 5%li davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlari taqsimoti

Davlat komissiyasining bayoni bilan huquqbuzarlik profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashda munosib hissa qo‘shgan, xizmat yoki ilmiy faoliyatida yuqori natijalarga erishgan ichki ishlar organlarining amaldagi xodimlari farzandlari uchun qo‘shimcha besh foizli davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlarining oliy ta’lim muassasalari kesimidagi taqsimoti tasdiqlandi.

Unga ko‘ra, Ichki ishlar organlari xodimlarining farzandlari uchun respublika bo‘yicha jami 1 587 ta qo‘shimcha kvota ajratildi.

Kvotalar to'liq @eduuzuniversalbot

Bizni kuzating: @eduuz
433 views13:25
Ochish/sharhlash
2022-07-07 16:24:42 #Qabul2022

Mehribonlik uyi va Bolalar shaharchasining bitiruvchilari uchun qo‘shimcha 1%li qabul ko‘rsatkichlari taqsimoti

Davlat komissiyasining bayoni bilan Mehribonlik uyi va Bolalar shaharchasining bitiruvchilari bo‘lgan chin yetimlar, SOS — bolalar mahallalari va oilaviy bolalar uylari bitiruvchilari, shuningdek, yigirma besh yoshgacha bo‘lgan vasiylikka, homiylikka yoki oilaga tarbiyaga olingan (patronat) yetim bolalar (25 yoshga to‘lmagan) uchun qo‘shimcha bir foizli davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlarining oliy ta’lim muassasalari va ta’lim shakllari kesimidagi taqsimoti tasdiqlandi.

Unga ko‘ra, ular uchun respublika bo‘yicha jami 1 809 ta qo‘shimcha kvota ajratildi.

Ta’lim shakllari kesimida:

kunduzgi ta’lim shakli uchun – 1 230 ta;
sirtqi ta’lim shakli uchun – 446 ta;
kechki ta’lim shakli uchun – 99 ta;
masofaviy ta’lim shakli uchun – 34 ta.

Kvotalar to'liq @eduuzuniversalbot

Bizni kuzating: @eduuz
420 views13:24
Ochish/sharhlash
2022-07-07 16:21:25 #Qabul2022

Nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun qo‘shimcha 2 %li qabul ko‘rsatkichlari taqsimoti

Davlat komissiyasining bayoni bilan nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun qo‘shimcha ikki foizli davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlarining oliy ta’lim muassasalari va ta’lim shakllari kesimidagi taqsimoti tasdiqlandi.

Unga ko‘ra, nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun respublika bo‘yicha jami 3 617 ta qo‘shimcha kvota ajratildi.

Ta’lim shakllari kesimida:

kunduzgi
ta’lim shakli uchun – 2 460 ta;
sirtqi ta’lim shakli uchun – 891 ta;
kechki ta’lim shakli uchun – 198 ta;
masofaviy ta’lim shakli uchun – 68 ta.

Kvotalar to'liq @eduuzuniversalbot

Bizni kuzating: @eduuz
495 views13:21
Ochish/sharhlash
2022-07-07 12:18:39 #Qabul2022

Bakalavriatning masofaviy ta’lim shakli bo‘yicha qabul kvotasi taqsimoti
(ta’lim yo‘nalishlari va o‘qitish tillari kesimida to‘liq)

Davlat komissiyasi bayoni bilan 2022/2023-o‘quv yilida respublika oliy ta’lim muassasalari bakalavriatining MASOFAVIY ta’lim shakli bo‘yicha davlat buyurtmasi asosida o‘qishga qabul qilish parametrlarining ta’lim yo‘nalishlari va o‘qitish tillari bo‘yicha taqsimoti.

Kvotalar to'liq @eduuzuniversalbot

Bizni kuzating: @eduuz
592 views09:18
Ochish/sharhlash
2022-07-07 12:18:39 #Qabul2022

Bakalavriatning kechki ta’lim shakli bo‘yicha qabul kvotasi taqsimoti
(ta’lim yo‘nalishlari va o‘qitish tillari kesimida to‘liq)

Davlat komissiyasi bayoni bilan 2022/2023-o‘quv yilida respublika oliy ta’lim muassasalari bakalavriatining KECHKI ta’lim shakli bo‘yicha davlat buyurtmasi asosida o‘qishga qabul qilish parametrlarining ta’lim yo‘nalishlari va o‘qitish tillari bo‘yicha taqsimoti.

Kvotalar to'liq @eduuzuniversalbot

Bizni kuzating: @eduuz
546 views09:18
Ochish/sharhlash