Get Mystery Box with random crypto!

​​#Zakovatdakuch #Uzbekpower Zakovat-bu bizni o'z atrofida jam | NavDKTU Zakovat klubi

​​#Zakovatdakuch
#Uzbekpower
Zakovat-bu bizni o'z atrofida jam qiladigan aqllar jangi...

Talabalar o'rtasida zakovat o'yinlarini ilk bor 2018-yilda kuzatgandim. Shundan 4 yil o'tib, shu intellektual musobaqada qatnashish nasib etdi. Navoiy viloyati uchun bitta yo'llanma berilgan va bu uchun 2 ta munosib jamoa bahsda qatnashdi. Navoiy davlat pedagogika instituti va Navoiy davlat konchilik va texnologiyalari universiteti. To'g'risini aytsam, Navoiy davlat pedagogika instituti jamoasini bizdan ancha kuchliligini bilardik ammo umidni so'ndirmadik. Endi o'yinning eng esda qolarli holatini aytib o'taman. Oxirgi 3 ta savol qolganda biz 3 ochko ortda qolayotgan edik, shunda biz 3 ta savolga to'ppa to'g'ri javob berishimiz va raqib jamoa esa noto'g'ri javob berishi kerak edi. Ollohni qudratini qarangki aslida ham shunaqa bo'ldi va biz buni uddaladik . Hisob tenglashdi... Endi qo'shimcha savol o'ynaldi, qo'shimcha savolda futbol haqida savol tushdi. Video shu oxirgi vaziyat haqida .

G'alaba... To'g'risini aytsam bunaqa come back hayotim davomida birinchisi bo'ldi.

Endi Toshkentda respublika OTM jamoalari o'rtasida final bahsi 13-17-dekabrda bo'lib o'tadi.

Duoda bo'ling, viloyatimizga yorug' yuz va g'alaba bilan qaytaylik.

@NewYorkerBlog