Get Mystery Box with random crypto!

Bir soliha  ayol  vafosi Bir ayolni eri kóp safarda yurar, | Ё насиб!..🌚🤍|..يا ناسب 🌝🤍

Bir soliha  ayol  vafosi

Bir ayolni eri kóp safarda yurar, savdo ishlari bilan  ba'zi vaqtlar uyiga kelolmas edi .

Kunlarning birida ayol  uyida hech narsa qolmaganidan bozorlik, qilib kelishga majbur bo‘lib qoldi .

U bozorlik qilib uyga yo‘l olgan vaqtda
Yo‘lida bir nechta nomahramlar turgan edi ,ulardan biri bu ayolga nafs ko‘zi ila boqib ortidan keldi .
Bu ayol  o‘zini hijob ortiga berkitgan, faqatgina ko‘zlarini berkitmagan edi,
ortidan kelgan inson uni tóxtatib,dedi:
"Ey, tóxtang men sizni bu lobar, go‘zal ko‘zlaringizga oshiq bólib qoldim"- dedi.
Shunda u ayol: " Hop, shoshmang hozir "-deya uyga kirib ketdi .

Biroz muddat o‘tgach u eshikni qiya ochib bir idishni ustini qopqoq bilan berkitib unga berdi, u inson uni ochib qarasa, u ayolni kiprik qovoqlari edi,
ayol kiprik, qovoqlarini o‘yib unga bergan edi.
U kishi dahshatdan qochib qoldi.

Ayolni eri  safardan qaytgach Ayolini holini kórib nimalar  bólganini sóradi...

Ayol : "Men bozorga majburligimdan chiqqan edim.
O‘zimning aybim bilan bo‘ldi bu holat, men ko‘zlarimni berkitmagan edim.
Bir inson meni ortimdan keldi va "ko‘zlaringizga oshiq bo‘lib qoldim"- dedi.
U insonni menga aytgan gapidan keyin, nima  qilishni bilmay qoldim va
"Ózimni, iffatimni  va sizni sha'ningizni o’ylab shu ishni qildim"- degan javobni berdi ayol.

Er ayolini qilgan ishidan ta'sirlanib,
ayolini qattiq bag‘riga bosgan holda, ho‘ngrab yig‘lab yubordi.
Er ayolini bu ishidan so‘ng,
ayoliga yana ham qattiqroq muhabbat qóydi, u  ayolini soliha ekanidan ,Allohga yiğlab, shukrlar aytib, haqqiga duolar qildi.

p.s/ Biroz yig’lagim keldi..

Ishq...
Assalamu alaykum va rohmatullohi va barokatuh