Get Mystery Box with random crypto!

UzAuto Motorsning reklamasi ostidagi asl narxlar qancha? Mill | Narxi Qancha? ⚡️

UzAuto Motorsning reklamasi ostidagi asl narxlar qancha?

Milliy brendimiz UzAutoMotors "Chevrolet va InfinBANK’ dan avtokreditning yangi shartlari: endi Chevrolet yanada ko'proq!" nomi ostida aksiya e'lon qildi.

Aksiya shartlariga ko'ra, Tahoe, Traverse, Equinox, Captiva, Malibu va Onix kabi modellaridan birini kreditga olish mumkin.
Shartlar:
— Boshlang’ich to’lov - 15% dan
— Foiz stavkasi - 16,99% dan
— Kredit muddati - 48 oygacha

Ko'rib, 16 foizga zo'r kredit ekanda deb xursand bo'lish hech gapmas, reklamada ko'rib turganingiz 16%lik kredit aslida mana bunday:

— 4 yillik: boshlang‘ich to‘lov 15%, foizi 23,99%;
— 3 yillik: boshlang‘ich to‘lov 30%, foizi 21,99%;
— 2,5 yil: boshlang‘ich to‘lov 50%, foizi 17,99%;
— 2 yil: boshlang‘ich to‘lov 65%, foizi 16,99%.

Birgina Onix (161 mln 900 ming so'm) so'mni 4 yilga 23,99% dan olsa. Dastlabgi to'lov 24 mln 285 ming so'm boshlong'ich to'lov bilan 4 yil 4 mln 430 984 so'm to'lashizga to'g'ri kelar ekan.

@NarxiQancha — Narxlar haqidagi #1 blog!