Get Mystery Box with random crypto!

Sobiq Tashqi ishlar vaziri o'g'lining kompaniyalari Sobiq Tas | Narxi Qancha? ⚡️

Sobiq Tashqi ishlar vaziri o'g'lining kompaniyalari

Sobiq Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilovning o‘g‘li Daniyar Kamilov faol tadbirkorlardandir. U Rossiyaning Ural kon-metallurgiya kompaniyasining egasi ham xisoblanadi va Rossiyada ko'plab kompaniyalarda ulushlarga egalik qiladi.

Uning kompaniyasi First Premium Allianc O‘zbekistondagi eng yirik alkogol zavodini $24,5 mln (277 mlrd so'm)ga sotib olgan.

U Progressgortech-Asia (O‘zbekiston aeroportlariga aviakerosin yetkazib beruvchilarga xizmat ko‘rsatadi, O‘zbekistonning 9 ta aeroportida ishlaydi) va Metropol Group (tijorat va boshqaruv faoliyati bo‘yicha konsultatsiya berish) kompaniyalariga egalik qiladi.

DXX sobiq binosini 210 mlrd so‘mga xususiylashtirgan. Uning o‘rnida premium klassdagi Radisson mehmonxonasi ($100 mln) qurilishi rejalashtirilgan.

Shuningdek, O‘zbekistonda 78 ta AYOQSHga ega bo‘lgan UNG Petro kompaniyasini va Chinoz neftni qayta ishlash zavodi egasi hamdir.

Doniyor Komilov Moskvada ro‘yxatdan o‘tgan: qimmatli qog‘ozlar sohasida faoliyat yurituvchi “Selena” MChJ, moliyaviy xizmatlar sohasida faoliyat yurituvchi “Ks” MChJ, ko‘chmas mulk sohasida faoliyat olib boruvchi “Glomaks” MChJ, mashina va uskunalar ulgurji savdosi bilan shug‘ullanuvchi “VLK” MChJ va “Holding Invest” kabi bir nechta korxonalarning ham ta’sischisi bo‘lgan.

@NarxiQancha — Narxlar haqidagi #1 blog!