O‘zbekistonda 2024-yil uchun zakot, fitr sadaqa va fidya miqdori qancha?Ramazon oyi uchun tillo qiymatidan zakot nisobi
40 million so‘m etib belgilandi. Kimda zaruriy ehtiyojidan tashqari
40 million so‘m va undan ortiq pul mablag‘i yoki ushbu qiymatdagi savdo-tijorat moli bo‘lsa, jami mablag‘ining qirqdan birini (2,5 foizini) zakot niyatida haqdorlarga beradi.
Fitr sadaqasining miqdori quyidagicha belgilandi:
— bug‘doydan
14 000 so‘m;
— arpadan
20 000 so‘m;
— mayizdan
110 000 so‘m;
— xurmodan
180 000 so‘m.
Har kim o‘z imkoniyatiga qarab ushbu to‘rt mahsulotning xohlagan bir turidan fitr sadaqasini berishi mumkin bo‘ladi.
Fidya miqdori fitr sadaqasining miqdori bilan bir xil bo‘ladi. Har kim o‘z imkoniyatiga qarab, ushbu to‘rt mahsulotning xohlagan bir turidan fidya miqdorini ajratishi mumkin.
@NarxiQancha — Narxlar haqidagi #1 blog!