Get Mystery Box with random crypto!

Parolni taxmin qilish uchun 2ta urinish qoldi. Kaliforniyalik | Narxi💲Soni Qancha

Parolni taxmin qilish uchun 2ta urinish qoldi. Kaliforniyalik dasturchi $265 mln yo'qotishi mumkin

Kaliforniyalik Stefan Tomas ismli dasturchi 2010-yildan bitcoinga qiziqa boshlagan edi va 2011-yili u "Bitcoin nima?" nomli qisqa va tushunarli animatsion video ishladi. Bitcoin muxlislaridan biri videoga minnatdorchilik sifatida Tomasga 7002ta bitcoin sovg'a qildi va u payt bitcoin kursi $1 edi.

7002 ta bitcoinga ega bo'lgan Tomas esa, uni IronKey nomli tashqi qattiq diskka qo'yishga qaror qildi va uni parol bilan himoyalab qo'ydi.

Oradan birnecha yil o'tgacha Tomas parolini esdan chiqardi va shu paytgacha 8ta taxminiy parollarini yozib ko'rdi, lekin foydasi bo'lmadi. Agar 10 marta xato terilsa, disktagi barcha ma'lumotlar avtomatik o'chiriladi. Hozirda Tomasda bor yog'i 2ta urinish qoldi. Agar 2ta urinishda ham xato terilsa, Stefan Tomas hozirgi kurs bilan $265 mln yo'qotadi.

Statistikaga ko'ra, hozirda mavjud bo'lgan bitcoinlarning 20 foizga yaqini shunday holatlar bilan yo'qolgan. Bu esa hozirgi kurs bilan $140 mlrd tan ortiq pulni tashkil etadi.

@Narxi_Soniqancha