Get Mystery Box with random crypto!

Bolaning dam olish kunlaridagi tartibini qanday tashkil etish | Pedagog-kopirayter tajribalari

Bolaning dam olish kunlaridagi tartibini qanday tashkil etish kerak?

Bolaning yosh imkoniyatlariga mos keladigan to'g'ri rejim sog'lig'ini mustahkamlaydi, mehnat qobiliyatini, turli xil faoliyatni muvaffaqiyatli amalga oshirishni ta'minlaydi.

Masalan, dam olish kunlarida quyidagicha tartibga rioya qilish mumkin:

Ertalabki toza havoda sayr. Sayr davomida foydali mavzularda qiziqarli suhbatlar uyushtirish bola dunyoqarashini kengaytirishga xizmat qiladi.
Nonushta. Nonushta uchun ozuqaviy moddalarga boy mahsulotlar tanlashga eʼtibor qarating.
Oʻyinlar. Bola bilan turli oʻyinlar oʻynang, ular shunchaki oddiy oʻyinlar emas, balki tarbiyaviy ahamiyatga ega boʻlishi muhim.
Bola faoliyatining rang-barangligi uning qiziqishlarini yanada yuzaga chiqarishga yordam beradi.
Tushlik.
Dam olish soati. Bola kunning 14-16 soatini uyquda oʻtkazadi. Agar uyqu oʻz vaqtida amalga oshirilmasa, uning asablariga salbiy taʼsir koʻrsatishi mumkin.
Ikkinchi tushlik. Yengil desertlar ikkinchi tushlik uchun yaxshi tanlov.
Oʻyin faoliyati. Bolani iloji boricha mustaqil oʻynashiga qoʻyib bering. Atrofida oʻrtoqlari boʻlishi yanada foydali, chunki bu uning ijtimoiy xislatlarini yuzaga chiqaradi.
Kechki ovqat. Odatda kechki ovqat uchun katta kaloriyali mahsulotlar tanlanmaydi, chunki tunning koʻp qismida tana uyquda boʻladi va organizm dam oladi.
Tungi uyqu. Bola 11-12 soat toʻyib uxlashi ertangi kunning samarali boʻlishiga yordam beradi.