Get Mystery Box with random crypto!

#Quron_oyatlari Moida surasi 3-oyat حُرِّمَتْ عَلَيْكُمُ الْمَ | Namoz vaqti️ | Намоз вактлари

#Quron_oyatlari
Moida surasi 3-oyat
حُرِّمَتْ عَلَيْكُمُ الْمَيْتَةُ وَالدَّمُ وَلَحْمُ الْخِنزِيرِ وَمَا أُهِلَّ لِغَيْرِ اللَّـهِ بِهِ وَالْمُنْخَنِقَةُ وَالْمَوْقُوذَةُ وَالْمُتَرَدِّيَةُ وَالنَّطِيحَةُ وَمَا أَكَلَ السَّبُعُ إِلَّا مَا ذَكَّيْتُمْ وَمَا ذُبِحَ عَلَى النُّصُبِ وَأَن تَسْتَقْسِمُوا بِالْأَزْلَامِۚ ذَٰلِكُمْ فِسْقٌۗ الْيَوْمَ يَئِسَ الَّذِينَ كَفَرُوا مِن دِينِكُمْ فَلَا تَخْشَوْهُمْ وَاخْشَوْنِۚ الْيَوْمَ أَكْمَلْتُ لَكُمْ دِينَكُمْ وَأَتْمَمْتُ عَلَيْكُمْ نِعْمَتِي وَرَضِيتُ لَكُمُ الْإِسْلَامَ دِينًاۚ فَمَنِ اضْطُرَّ فِي مَخْمَصَةٍ غَيْرَ مُتَجَانِفٍ لِّإِثْمٍۙ فَإِنَّ اللَّـهَ غَفُورٌ رَّحِيمٌ

Sizlarga oʻlimtik, qon, choʻchqa goʻshti, Allohdan boshqaning nomi ila soʻyilgan, boʻgʻilib oʻlgan, urib oʻldirilgan, yiqilib oʻlgan, suzib oʻldirilgan, yirtqich yegan hayvonlar harom qilindi. Magar, (oʻlmay turib) soʻyib olsangiz, halol. Va butlarga soʻyilgan hayvonlar ham, choʻplar ila fol ochishingiz ham harom qilindi. Bunday qilmogʻingiz fosiqlikdir. Bugungi kunda kufr keltirganlar diningizga zarar yetkazishdan umid uzdilar. Ulardan qoʻrqmanglar, Mendan qoʻrqinglar. Bugungi kunda Men sizning diningizni mukammal qilib berdim. Sizga neʼmatimni batamom qildim. Va sizga Islomni din deb rozi boʻldim. Kimki gunohga moil boʻlmagan holida ochlikdan muztar boʻlsa, albatta, Alloh magʻfiratli va rahmli zotdir.

Sharh:
(Ushbu oyati karimada asli goʻshti halol qilingan hayvonlar haqida soʻz ketmoqda. Albatta, choʻchqani hisobga olmaganda. Aslida, goʻshti harom boʻlgan hayvonlar oʻz-oʻzidan maʼlum, bahs ular haqida emas. Goʻsht tirik hayvondan olinadi. Ana oʻsha tirik jonivorni goʻshtga aylantirish jarayoni va undagi niyat hamda eʼtiqod uning halol yoki haromga aylanishiga sabab boʻladi. Shuning uchun ham bu jarayonga, yaʼni, tirik hayvonni goʻshtga aylantirish jarayoniga shariatda alohida eʼtibor beriladi. Bu shartlarning boshida hayvonning jonini chiqarish paytida unga jon bergan Allohning nomini zikr qilish turadi. Bu ish qilinmasa, katta maʼnaviy jinoyat sodir boʻlgan boʻladi, shu sababli uning goʻshti haromga aylanadi.)

@Namoz_vaqti1