Get Mystery Box with random crypto!

#Quron_oyatlari Moida surasi 2-oyat يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَ | Namoz vaqti️ | Намоз вактлари

#Quron_oyatlari
Moida surasi 2-oyat
يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُوا لَا تُحِلُّوا شَعَائِرَ اللَّـهِ وَلَا الشَّهْرَ الْحَرَامَ وَلَا الْهَدْيَ وَلَا الْقَلَائِدَ وَلَا آمِّينَ الْبَيْتَ الْحَرَامَ يَبْتَغُونَ فَضْلًا مِّن رَّبِّهِمْ وَرِضْوَانًاۚ وَإِذَا حَلَلْتُمْ فَاصْطَادُواۚ وَلَا يَجْرِمَنَّكُمْ شَنَآنُ قَوْمٍ أَن صَدُّوكُمْ عَنِ الْمَسْجِدِ الْحَرَامِ أَن تَعْتَدُواۘ وَتَعَاوَنُوا عَلَى الْبِرِّ وَالتَّقْوَىٰۖ وَلَا تَعَاوَنُوا عَلَى الْإِثْمِ وَالْعُدْوَانِۚ وَاتَّقُوا اللَّـهَۖ إِنَّ اللَّـهَ شَدِيدُ الْعِقَابِ

Ey iymon keltirganlar! Allohning dini alomatlarini, harom oyni, atalgan qurbonlikni, osilgan belgilarni va Robbilaridan fazl va rozilik tilab Baytul Haromni qasd qilib chiqqanlarni oʻzingizga halol hisoblamang. Ehromdan chiqib halol boʻlsangiz, ov qilsangiz, mayli. Masjidul Haromdan toʻsgani uchun bir qavmni yomon koʻrishingiz ularga tajovuzkor boʻlishingizga olib bormasin. Yaxshilik va taqvo yoʻlida hamkorlik qiling. Gunoh va dushmanlik yoʻlida hamkorlik qilmang. Allohga taqvo qiling. Albatta, Alloh iqobi shiddatli zotdir.

@Namoz_vaqti1