Get Mystery Box with random crypto!

#Quron_oyatlari Niso surasi 171-oyat يَا أَهْلَ الْكِتَابِ لَا | Namoz vaqti️ | Намоз вактлари

#Quron_oyatlari
Niso surasi 171-oyat
يَا أَهْلَ الْكِتَابِ لَا تَغْلُوا فِي دِينِكُمْ وَلَا تَقُولُوا عَلَى اللَّـهِ إِلَّا الْحَقَّۚ إِنَّمَا الْمَسِيحُ عِيسَى ابْنُ مَرْيَمَ رَسُولُ اللَّـهِ وَكَلِمَتُهُ أَلْقَاهَا إِلَىٰ مَرْيَمَ وَرُوحٌ مِّنْهُۖ فَآمِنُوا بِاللَّـهِ وَرُسُلِهِۖ وَلَا تَقُولُوا ثَلَاثَةٌۚ انتَهُوا خَيْرًا لَّكُمْۚ إِنَّمَا اللَّـهُ إِلَـٰهٌ وَاحِدٌۖ سُبْحَانَهُ أَن يَكُونَ لَهُ وَلَدٌۘ لَّهُ مَا فِي السَّمَاوَاتِ وَمَا فِي الْأَرْضِۗ وَكَفَىٰ بِاللَّـهِ وَكِيلًا

Ey ahli kitoblar! Diningizda haddan oshmang va Alloh haqida haqdan boshqani aytmang. Albatta, Masih Iyso ibn Maryam Allohning Paygʻambari, Maryamga ilqo qilgan kalimasi va Undan boʻlgan ruhdir. Bas, Allohga va Uning Paygʻambarlariga iymon keltiring. Uni uchta demang. Toʻxtang, oʻzingizga yaxshi boʻladi. Albatta, Alloh yagona ilohdir, oʻzga emas U Oʻzining bolasi boʻlishidan pok boʻldi. Osmonlardagi narsalar Unikidir, yerdagi narsalar Unikidir. Vakillikka Allohning Oʻzi kifoya qilur.

Sharh:
(Islom dini insoniyatning aqidasini toʻgʻri yoʻlga solishga kelgan. Bu oʻrinda nasorolarning aqidasini toʻgʻrilamoqda. Maʼlumki, nasroniy dini yangiligi vaqtida aqida toʻgʻri boʻlgan. Lekin zamon oʻtishi bilan bu aqida asta-sekin buzila borgan. Milodiy oltinchi asrga kelib, Rim imperatorlarining tazyiqi ostida nasroniy aqidasi tamoman buzilib boʻlgan edi. Nasorolar oʻz dinlarida haddan oshib ketdilar. Allohning bandasi va Paygʻambari Iyso alayhissalomni, Allohning oʻgʻli, dedilar. Soʻngra, Alloh uch asldan–ota, oʻgʻil va muqaddas ruhdan iboratdir, deb daʼvo qildilar. Shuningdek, Bibi Maryamni ham ilohlik darajasiga koʻtardilar. Xudoning tabiati haqida bitmas-tuganmas ixtiloflarga tushdilar. Oxiri kelib, oʻzlari ham tushunib yetmaydigan aqidaviy mashmashalarga giriftor boʻldilar. Ularning ushbu va shunga oʻxshash koʻplab ishlari dinda gʻuluvga ketish–haddan oshish edi.)

@Namoz_vaqti1