Get Mystery Box with random crypto!

Namoz ibodati

Telegram kanalining logotibi namoz_ibodati — Namoz ibodati N
Telegram kanalining logotibi namoz_ibodati — Namoz ibodati
Kanal manzili: @namoz_ibodati
Toifalar: Kattalashtirilmagan
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 251
Kanalning ta’rifi

Murojaatlar uchun⤵️
@Murojaatlarni_qabul_qiluvchi_bot
Diniy savollar uchun call markaz raqami va bot manzili ⤵️
998781503344
@SavollarMuslimUzBot
©Kanaldan maʼlumot olinganda manba koʻrsatilishi shart!!!

Ratings & Reviews

2.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

2


Oxirgi xabar 2

2022-03-01 03:26:06 #Hadis

Abu Umoma roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
"Nabiy sollallohu alayhi vasallam: "Odamlarning Allohga eng yaqini ularga eng avval salom berganidir" - dedilar".

Abu Dovud va Termiziy rivoyat qilishgan.

Bizda, ming afsuski, bizning yurtda, odatda, yoshi 50-55 dan katta otaxon va onaxonlargagina salom beriladi. Shunday odamlar bor, salom bersangiz, alik olishga ham yaramaydi.

Agar Siz 17 yoshdagi o‘spirin yigit bo‘lsangiz, avval salom berish Sunnat amal ekanligini his qilgan holda, savobni qo‘lga kiritish maqsadida, ro‘parangizdan kelayotgan 15-16 yoshdagi yigitga salom berib ko‘ring, u Sizni yo: bu esi pastmi, nega menga salom beryapti, deb hayron bo‘ladi, yoki: menga salom berishining boisi, mendan qo‘rqyapti shekilli, deb o‘ylaydi. Vaholanki, Rasululloh sollallohu alayhi va sallam HAR DOIM birinchi bo‘lib salom berar edilar va o‘zlaridan 1-2 yosh kichikroq odamlargagina emas, balki yosh bolalarga ham, bolachalarga ham salom berar edilar!

Salom berishning ayrim istisno holatlari ham bor. Qizlar va yosh ayollar nomahram erkaklarga salom bermagani ma’qul, chunki ayolning ovozi ham avratdir, fitna kelib chiqish ehtimoli yuqori bo‘ladi, ayniqsa, jamoat transportiga chiqayotganida qizlar salom berib chiqishadi va hokazo joylarda. Bunday holatlarda, qizlar va yosh ayollarning salom bermasligi Sunnatni tark qilganlikka kirmaydi, balki, aksincha, Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning Sunnatiga ergashgan va fitnaning oldini olgan bo‘ladi. Lekin, yoshi katta, keksa odamlarga, o‘rtada fitna kelib chiqish xavfi yo‘q bo‘lgan holatlarda qizlar va yosh ayollar nomahram erkaklarga salom bersa, bo‘laveradi.

Yana bir masala.
Hozirgi "zamonaviy" odamlar muloqotni quyidagicha boshlashni o‘zlariga odat qilib bo‘ldilar:

— Salom!

— Salom, yaxshimisiz?

Vaholanki, "Salom", deb salom berish kofirlarga taqlid qilishdan boshqa narsa emas, bunday salom berish va alik olish Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning Sunnatiga ziddir! Aynan kofirlar: "Privet!", "Dobrыy den!", "Hello!", "Hi!" kabi salom-alik qiladilar.

O‘rtadagi salom-alikni ko‘paytiraylik hamda salom berish va alik olishni ko‘r-ko‘rona bajarmasdan, faqatgina Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning Sunnatiga muvofiq holda amalga oshiraylik!
Manba.

@Namoz_ibodati
537 viewsedited  00:26
Ochish/sharhlash
2022-03-01 03:08:51 Masjidun Nabaviy yoki Masjidun Nabiy (Paygʻambar Masjidi).
500 views00:08
Ochish/sharhlash
2022-03-01 03:08:51
«Hujrai saodat» 3D formatda.

Rosululloh sallallohu alayhi vasallamning qabrlari qanday ekanini bilib oling.

۞┈┈┈┈┈┈ ✎﷽ ┈┈┈┈┈┈۞

ULASHING
Linkni bosib kanalga obuna buling!
https://t.me/joinchat/AAAAAETC58m1UCrcO37AMA
482 views00:08
Ochish/sharhlash
2022-03-01 03:08:50Ravzai muborak.
 
Madinai munavvaradagi Masjidun Nabaviyda Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam hadislarida aytgan ravza degan joy bor, ziyoratga borgan kishilar o‘sha ravzada namoz o‘qishga intiladilar.
Abdulloh ibn Zayd roziyallohu anhudan qilingan rivoyatda Nabiy sollallohu alayhi vasallam “Uyim bilan minbarim orasida jannat ravzalaridan bir ravza bor” dedilar. Imom Ahmad, Buxoriy, Muslim, Nasoiy va boshqalar rivoyat qilishgan.
Imom Buxoriy va Imom Muslim rivoyat qilgan va muttafaqun alayh darajasiga ko‘tarilgan xuddi shunday matn Abu Hurayra roziyallohu anhudan ham rivoyat qilingan.
Imom Ahmadning “Musnad”larida hadisdagi “Uyim” so‘zining o‘rniga “Qabrim” so‘zi kelgan ekan.
Ravza — bog‘ degan ma’noni bildiradi.
Ulamolar hadisdagi “ravza” so‘zi haqida turli fikrlarni aytganlar.
Birinchi fikrga ko‘ra, bu joy rahmatning tushishi, zikr, ibodat va tilovat sababli baxt-saodatning hosil bo‘lishida xuddi jannat ravzasiga o‘xshaydi.
Ikkinchi fikrga ko‘ra, bu yerda qilingan ibodat kishini jannatga olib boradi.
Uchinchi fikrga ko‘ra, hadisning zohiriga qarab tushuniladi, demak, bu joy jannatga tegishli haqiqiy ravzadir. Oxiratda shu joy yana jannatga qaytariladi. Buni Hofiz Ibn Hajar rahimahulloh “Sahihul Buxoriy”ga yozgan sharhlarida aytganlar.
Quyidagi  suratda — Ravzai muborakni ko‘rib turibsiz! Bu joy insonlar orasida “Yashil gilam” nomi bilan mashhur. E’tibor berilsa, ushbu muborak masjiddagi aksari gilamlar qizil rangda, ammo bu joyga ravzani ifoda qilishi uchun yashil gilam solib qo‘yilgan.
Haj va Umraga borgan musulmonlar Masjidun Nabaviyga kelganlarida, aynan shu joyda namoz o‘qishga astoydil urinadilar.
Biz ham umraga borganimizda, dindoshlarimiz bu yashil gilam ustida namoz o‘qish, Qur’on tilovat qilish, zikr va duolar qilish uchun soatlab navbatda turganlarini ko‘rdik. 
Ushbu muborak masjidga kelish nasib qilgan har bir musulmon shu ravzada ko‘proq namoz o‘qish, Qur’on tilovati qilish, zikr va salovotlarda bardavom bo‘lib, sunnatda kelgan duolarni ko‘proq qilish payidan bo‘lish kerak.  
Alloh taolo barchamizga ushbu muborak ravzada, sahih hadisda e’lon qilingan mana shu jannat bog‘ida namoz, Qur’on o‘qib, zikru duoda bo‘lishimizni nasib etsin, omin!
Nozimjon Iminjonov tayyorladi.
Manba: Muslim_uz

@Namoz_ibodati
483 views00:08
Ochish/sharhlash
2022-02-11 06:09:14 #Hadis

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam shunday dedilar:

"Kim (namozda) safning ochilib qolgan yerini berkitsa, Alloh uning darajasini ko‘tarib, uning uchun jannatda bir uy quradi", dedilar (Ibn Moja rivoyati).

۞┈┈┈┈┈┈ ✎﷽ ┈┈┈┈┈┈۞

Kanalga aʼzo boʻlish uchun
https://t.me/joinchat/AAAAAETC58m1UCrcO37AMA
733 viewsedited  03:09
Ochish/sharhlash
2022-02-11 06:07:50 #Savol_javob

Kunning birinchi namozi qaysi namoz?

Hurmatli Shayx hazratlari, aziz Ustoz! Mendan ba’zi bir odamlar dinimizda yangi kun qaysi payt boshlanadi? Kunning birinchi namozi qaysi namoz? "Juma oqshomi" yoki "Qadr kechasi" deganda ana shu kunlarning oqshomi tushuniladimi yo bo‘lmasa bir kun oldingi kechami? degan savollarni so‘rashdi. Boshida bema’ni tuyulsa-da, javob izlash asnosida bu masalaga ko‘plar to‘xtalgani va turli fikrlar bildirishganiga guvoh bo‘ldim. Imkonim doirasida tafsir, hadis va fiqh kitoblarini (hammasi arab tilida) qarab ko‘rdim. Ammo qat’iy bir yechim topa olmadim. So‘nggi chora sifatida esa Sizga murojaat qilyapman. Ya’ni, dangasalik bilan darrov Sizdan so‘rab qo‘ya qolmay, oldin o‘zim izlanib ko‘rdim. Iltimos, bu mavzuda bir yechim topib bersangiz. Hech bo‘lmasa, javobini qayerdan topish mumkinligiga ishora bersangiz xursand bo‘lardim. Oldindan tashakkur, Alloh taolo barchamizdan rozi bo‘lsin!

Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:

- Shariat bo‘yicha shomdan keyin yangi kun boshlanadi.


@Namoz_ibodati
551 views03:07
Ochish/sharhlash
2022-02-11 05:22:30 4-QISM. Ikki haramdagi tabarruk joylar va mashhur amallarning istilohlari.
497 views02:22
Ochish/sharhlash
2022-02-11 05:22:30 3-QISM. Ikki haramdagi tabarruk joylar va mashhur amallarning istilohlari.
454 views02:22
Ochish/sharhlash
2022-02-11 05:22:30 2-QISM. Masjidul Harom, Baytulloh.
424 views02:22
Ochish/sharhlash
2022-02-11 05:22:30 1-QISM. Masjidul Harom, Baytulloh.
452 views02:22
Ochish/sharhlash