Get Mystery Box with random crypto!

#Savol_javob SAVOL: Esnaganda nima uchun og‘izni qo‘l bilan b | Namoz ibodati

#Savol_javob

SAVOL: Esnaganda nima uchun og‘izni qo‘l bilan berkitiladi? Buning biror asosi bormi?

JAVOB: Esnash paytida qo‘l bilan og‘izni to‘sish sunnatdir. Bu haqda hadisi sharifda bunday deyilgan: Abu Said Xudriy roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: “Agar birortangiz esnasangiz, qo‘lingizni og‘zingizga qo‘ying, chunki shayton kiradi”(Imom Muslim).
Ulamolarimiz mazkur holatda og‘izni chap qo‘lning orqa tarafi bilan berkitish odobdan ekanini aytganlar. Shuningdek, boshqa hadislarda esnab turib “hooh” deb ovoz chiqarib bo‘lmasligi, chunki bunday qilish shaytonning kulgisiga sabab bo‘lishi ham bayon qilingan. Yana ba’zi rivoyatlarda Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam hech esnamaganlari aytiladi.
Manba: Azon_uz

@Namoz_ibodati