Get Mystery Box with random crypto!

Namangan davlat universitetida yoshlar yetakchilari uchun yigʻ | Namangan davlat universiteti 🇺🇿

Namangan davlat universitetida yoshlar yetakchilari uchun yigʻilish oʻtkazildi

Namangan davlat universitetida yoshlar bilan ishlash boʻyicha dekan oʻrinbosarlari, fakultet yoshlar yetakchilari va talaba-dekanlar uchun yigʻilish oʻtkazildi. Yigʻilishda prorektor N.Dexkanov Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi va Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi Markaziy kengashining 2023-yil 29-martdagi qoʻshma qarori mazmun-mohiyati, oliy taʼlim muassasasi va fakultetlardagi yoshlar yetakchilarining asosiy vazifalari, ularni faolligini oshirish va ragʻbatlantirish mexanizmlari toʻgʻrisida fikr bildirdi.

Shuningdek, fakultetlarda yoshlar yetakchilari va talaba-dekanlarni tashabbuskorligini koʻrsatish uchun yetarli sharoitlar yaratish boʻyicha dekan oʻrinbosarlariga alohida topshiriqlar berildi.

Talabalar oʻrtasida maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlarni taʼsirchanligini oshirish, iqtidorli talabalarni ichki turizm boʻyicha sayohatlarga olib borish boʻyicha vazifalar belgilandi.

Veb-sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube