Get Mystery Box with random crypto!

“Milliy qonunchilik: tarix va zamonaviylik uygʻunligi” Naman | Namangan davlat universiteti 🇺🇿

“Milliy qonunchilik: tarix va zamonaviylik uygʻunligi”

Namangan davlat universiteti ijtimoiy fanlar fakulteti tashabbusi bilan “Milliy qonunchilik: tarix va zamonaviylik uygʻunligi” nomli maʼnaviy-maʼrifiy tadbir tashkil etildi.

Tadbirda prorektor N.Dexkanov va tarix kafedrasi mudiri A.Erqoʻziyevlar talaba yoshlar uchun milliy qonunchilik tarixi, xususan Amir Temur davridagi qonun-qoidalar, “Temur tuzuklari” va mamlakatimiz Konstitutsiyasidagi oʻzaro uygʻun jihatlar, adolat tamoyillari va qonun ustuvorligi toʻgʻrisida fikr-mulohazalar bildirishdi. Tadbir davomida talabalar tomonidan sahna koʻrinishlari ham mahorat bilan ijro etildi.

Tadbir yakunida bir guruh faol va iqtidorli talabalarga fakultet dekanining tashakkurnomasi topshirildi va talabalar tomonidan chellenj oʻtkazildi.

Kanalga obuna bo'ling
https://t.me/namdu309