Get Mystery Box with random crypto!

Namangan davlat universiteti Matematika fakultetida 1-oktabr O | Namangan davlat universiteti 🇺🇿

Namangan davlat universiteti Matematika fakultetida 1-oktabr O’qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan tadbir bo’lib o’tdi.

Ko’tarinki kayfiyatda bo’lib o’tgan tadbirda Namangan davlat universiteti birinchi prorektori N.Dexkanov o‘z hayotini yosh avlod tarbiyasidek sharafli ishga bag‘ishlagan barcha professor-o’qituvchilarni kasb bayrami bilan tabriklab, ularga sog’liq-salomatlik, oilaviy baxt, yosh avlod ta’lim-tarbiyasi yo’lida doimo omad yor bo’lishini tiladi.

Tadbir Matematika fakultetini iqtidorli talabalari tomonidan tayyorlab kelingan badiiy chiqishlar, kuy-qo’shiqlar bilan davom etdi.

@namdu_matematika_fakulteti