Get Mystery Box with random crypto!

Mahalla yoshlar yetakchilari talabalar turar joyida Talabalar | Namangan davlat universiteti 🇺🇿

Mahalla yoshlar yetakchilari talabalar turar joyida

Talabalar turar joyida Namangan davlat universitetiga biriktirilgan mahallalar yoshlar yetakchilari mehmon boʻlishdi. Yetakchilar talabalar uchun yaratilgan sharoitlar, axborot-resurs markazi faoliyati, oshxona va sport maydonchalari holati bilan yaqindan tanishishdi.

Soʻngra isteʼdodli talabalar tomonidan ijro etilgan qoʻshiqlarni tinglashdi hamda tashkil etilgan “Yoshlar oqshomi” musiqiy dasturida ishtirok etishdi. Kelgusida mahallalardagi yoshlarning ham universitetga tashrif buyurishlari va hamkorlikni takomillashtirish boʻyicha kelishib olindi.

Maʼlumot uchun bugungi kunda Namangan davlat universitetiga Baynalminal, Boʻston, Sharq tongi, Chorsu, Obi-hayot, Nurafshon, Diyor, Qadamjo, Ilgʻor va Boburshoh mahallalari biriktirilgan.

http://t.me/NAMDU309