Get Mystery Box with random crypto!

Namangan davlat universiteti rektori Sobitxon Turg‘unov Namang | Namangan davlat universiteti 🇺🇿

Namangan davlat universiteti rektori Sobitxon Turg‘unov Namangan shahridagi 3-maktabda tashkil etilgan "Birinchi qo‘ng‘iroq" tadbirda ishtirok etdi.

S.Turg‘unov dastlab "Yangi O‘zbekistonda el aziz, inson aziz!" tamoyili asosida yurtimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamdagi islohotlar, taʼlim tizimidagi o‘zgarishlar va ularning mazmun-moxiyati to‘g‘risida fikrlar bildirdi.

Shuningdek, universitet rektori tadbir davomida 1-sinfga qabul qilingan o‘quvchilarga "Prezident sovg‘asi" topshirish marosimida ishtirok etdi. Mazkur tadbir o‘quvchilarda katta taassurot qoldirdi.

NamDU matbuot xizmati

http://t.me/NAMDU309