Get Mystery Box with random crypto!

#paradoks Tesey kemasi — o'ziga xos paradoks bo'lib, uni quyi | NamDCHTI Zakovat

#paradoks

Tesey kemasi — o'ziga xos paradoks bo'lib, uni quyidagicha ta'riflash mumkin: "Agar dastlabki obyektning barcha tarkibiy qismlari almashtirilgan bo'lsa, u obyekt o'sha obyekt bo'lib qolaveradimi?"

Plutarxning yozishicha, Tesey Kritdan Afinaga qaytgan kema afinaliklar tomonidan saqlab kelingan va har yili muqaddas Delosga yuborilgan. Yuborishdan oldin u ta'mirlangan va yog'ochning bir qismi almashtirilgan.

Natijada bir muncha vaqt o'tgach, kemadagi barcha yog'och yangilangan. Shundan keyin faylasuflar o'rtasida bu hali ham o'sha eski kemami yoki yo'q degan mavzuda bahs yuzaga kelgan. O'z navbatida yana bir qiziq savol tug'ilgan — agar almashtirilgan barcha yog'ochlardan yangi kema yasalgan bo'lsa, unda bu ikki kemaning qaysi biri haqiqiy Tesey kemasi?

@namdchti_zakovat