Get Mystery Box with random crypto!

4-iyun kuni Janubiy Koreyaning Yechxon shahrida start olgan ye | NAMANGAN VILOYATI SPORTI

4-iyun kuni Janubiy Koreyaning Yechxon shahrida start olgan yengil atletika boʻyicha yoshlar oʻrtasidagi Osiyo chempionati oʻz yakuniga yetdi. 4 kun davom etgan musobaqada qitʼamizning eng kuchli yosh atletlari gʻoliblik uchun bahs olib borishdi. Unda ishtirok etgan Oʻzbekiston terma jamoasi esa 4 ta oltin, 4 ta kumush va 1 ta bronza, jami 9 ta medalga sazovor boʻlib, umumjamoa hisobida Yaponiya, Xitoy va Hindiston jamoalaridan soʻng toʻrtinchi oʻrinni egalladi. Musobaqa qahramonlarini eslab oʻtamiz:

Oltin medal:
Barnoxon Sayfullayeva (balandlikka sakrash)
Xushnoza Shavkatova (uch hatlab sakrash)
Dilshoda Usmonova (stipl-chez)
Oʻgʻiloy Norboyeva (koʻpkurash)

Kumush medal:
Dunyozod Sayfullayev (disk uloqtirish)
Malika Nasriddinova (yadro uloqtirish)
Elina Silyamiyeva (bosqon uloqtirish)
Nodir Norboyev (oʻn kurash)

Bronza medal:
Samandar Mahmudov (oʻn kurash)