Get Mystery Box with random crypto!

Bugun erta tongdan Namangan viloyati hokimining viloyatda “Ayo | NAMANGAN VILOYATI SPORTI

Bugun erta tongdan Namangan viloyati hokimining viloyatda “Ayol –jamiyat ko‘zgusi” mavzusida tadbirlarni tashkil etish va uni yuqori saviyada o‘tkazish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasiga asosan To‘raqo‘rg‘on tumanida Xotin-qizlar o‘rtasida sport musobaqalarini o‘tkazish orqali sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish maqsadida velosport musobaqalariga start berildi.

Ochilish marosimini Namangan viloyati hokimining o‘rinbosari Dinara Yakubova hamda Namangan viloyati yoshlar siyosati va sport boshqarmasi o‘rinbosari Oybek Mamajonovlar ochib berishdi va ishtirokchilarga omad tiladilar.

Musobaqa qizg‘in va murosasiz bo‘lib o‘tdi. Musobaqa yakuniga ko‘ra

1-o‘rin Ikromova Oydina

2-o‘rin Xoshimjanova Muqaddas

3-o‘rin Boymatova Xabiba

Namangan viloyati yoshlar siyosati va sport  boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube