Get Mystery Box with random crypto!

Assalomu alaykum! Bugun 12-iyul, Seshanba. Grigoriy taqvimi bo | Namangan "Ishga marhamat" Monomarkazi | rasmiy kanal

Assalomu alaykum!
Bugun 12-iyul, Seshanba.
Grigoriy taqvimi boʻyicha yilning 193-kuni.
Yil yakuniga 172 kun qoldi.

BAYRAMLAR:

Butunjahon bort xizmatchilari kuni
Kiribatida Mustaqillik kuni
Meksikada advokatlar kuni
Belarusda “Slavyan bozori” kuni
Tongada Qirolning tug‘ilgan kuni

VOQEALAR:

1804-yil — Sankt-Peterburgda havo sharida dunyodagi birinchi maxsus ilmiy sayohat bo‘lib o‘tdi.
1862-yil — AQShning eng yuqori harbiy mukofoti — “Shuhrat” medali ta’sis etildi.
1917-yil — Birinchi Jahon urushi paytida dunyoda birinchi marta zaharli iprit gazi ishlatildi.
1933-yil — AQSh Kongressi eng kam ish haqining soatiga 33 sent qiymatini joriy qildi.
2009-yil — birinchi marta ayol kishi Litva Prezidenti bo‘ldi.

TAVALLUDLAR:

Miloddan avvalgi 100-yil — Gay Yuliy Sezar — qadimgi Rim imperiyasining davlat va siyosat arbobi, harbiy rahbar va yozuvchi.
1813-yil — Klod Bernar— fransuz fiziologi, endokrinologiya asoschisi.
1854-yil — Jorj Istmen — amerikalik ixtirochi va ishbilarmon, “Kodak” kamerasining birinchi ishlab chiqaruvchisi.
1880-yil — Kichik Charlz Albert Braun — amerikalik kinorejissyor, aktyor va ssenariy muallifi, qo‘rqinchli film janrining asoschilaridan biri.
1928-yil — Elayas Kori — amerikalik kimyogar, “Nobel” mukofoti sovrindori.

Namangan viloyati "Ishga marhamat" monomarkazi matbuot xizmati