Get Mystery Box with random crypto!

Assalomu alaykum! Bugun 8-iyul, Juma. Grigoriy taqvimi boʻyich | Namangan "Ishga marhamat" Monomarkazi | rasmiy kanal

Assalomu alaykum!
Bugun 8-iyul, Juma.
Grigoriy taqvimi boʻyicha yilning 189-kuni.
Yil yakuniga 176 kun qoldi.

BAYRAMLAR:

Butunjahon allergiyaga qarshi kurash kuni
Ukrainada oila kuni
Turkmanistonda nogironlar va qariyalar kuni
Meksikada daraxtlar kuni
AQSHda video‘yinlar kuni

VOQEALAR:

Miloddan avvalgi 52 yil — Parijga asos solindi.
1777-yil — Vermont qullikni bekor qilgan Amerikadagi birinchi shtatga aylandi.
1796-yil — AQSh Davlat departamenti birinchi AQSh fuqarosi pasportini chiqardi.
1918-yil — Kiyevda Ukraina Davlat Senati tashkil etildi.
1920-yil — Sharqiy Afrikadagi ingliz mustamlakasi Keniya deb o‘zgartirildi.

TAVALLUDLAR:

1708-yil —Klod Anri de Fyuze de Vuazenon — fransuz dramaturgi, yozuvchisi, shoir va Fransiya akademiyasi a'zosi.
1839-yil — Jon Rokfeller — amerikalik sanoatchi, “Standard Oil” kompaniyasining asoschisi.
1842-yil — Nikolay Benardos — rus muhandisi, barcha turdagi elektr payvandlash qurilmasi ixtirochisi.
1851-yil — Artur Jon Evans — ingliz tarixchisi va arxeologi, minoy sivilizatsiyasi kashfiyotchisi.
1894-yil — Pyotr Kapitsa — sobiq ittifoq fizigi, muhandis, akademik, “Nobel” mukofoti sovrindori.
1895-yil — Igor Tamm — sobiq ittifoqning nazariy fizigi, professor, akademik, fizika bo‘yicha “Nobel” mukofoti sovrindori.

Namangan viloyati Bandlik bosh boshqarmasi va Namangan viloyati "Ishga marhamat" monomarkazi matbuot xizmati