Get Mystery Box with random crypto!

'Zakovat intellektual klubi' NNT Namangan viloyati 'Zakovat' k | Namangan | Zakovat klubi

"Zakovat intellektual klubi" NNT Namangan viloyati "Zakovat" klubining "Kuzgi mavsumi" o‘yinlari uchun ro‘yxatdan o‘ting.

Klub o‘yinlarida ishtirok etish mutlaqo BEPUL!

Namangan viloyatida tashkil etilgan ushbu intellektual klubda Namanganni eng bilimli insonlari jamlangan va siz ham ulardan biriga aylaning.

Zakovat stipendiyasi, 100 million so‘m pul mukofoti, oliy ta‘limga yo‘llanma, yilning eng yaxshi intellektual tadbirlarida ishtirok etish imkoni va eng muhimi intellektual adrenalin topish istagida bo‘lganlar quyidagi ma‘sul koordinatorga murojaat qilishsa kifoya.

Ro‘yxatdan jamoaviy va yakkalik tarzda o‘tish imkoni bor, yosh va kasb chegarasi mavjud emas. Barcha Zakovat intellektual klubiga a‘zo bo‘lishi mumkin.

Namangan Zakovat klubiga faqat 60 ta jamoa qabul qilinadi. Ro‘yxatdan ertaroq o‘tgan jamolar yuqoriroq ligaga qabul qilinadi.

Murojaat uchun Zakovat NNT Namangan viloyati Zakovat klubi bosh koordinatori: @Shavkatbek_Shokirov

Zakovat NNT Namangan viloyati Zakovat klubi rasmiy kanali: @Namangan_Zakovat