Get Mystery Box with random crypto!

«Najot Ta'lim»da bu hafta o'tkaziladigan master-klasslar bilan | Najot Ta'lim

«Najot Ta'lim»da bu hafta o'tkaziladigan master-klasslar bilan tanishing!

Akbarjon Botiraliyev
— «Elmakon» loyihasi marketing bo'limi rahbari, hozirda 10 ga yaqin loyihalarda faoliyat olib bormoqda.

Master-klass kreativlikni oshirish, loyihalarda qanday qilib barchani e'tiboriga erishish, vaziyat marketingidan foydalanish (voqelikka kompaniya reaksiyasi) kabi mavzularda bo'lib o'tadi.

Mavzu: Marketingda kreativlik (Vaziyat marketingidan foydalanish)
Qachon: 6-may, shanba, soat 10:30
Qatnashish: bepul
Kim uchun: barcha uchun
Qayerda: «Najot Ta'lim», Chilonzor filialida

***

Sardor Sadikov — OpenAI kompaniyasida (ChatGPT) Data science bo'yicha faoliyat yuritayotgan birinchi o'zbek mutaxassisi

Master-klassda sun'iy intellektning qanday ishlashi, qanday qilib xalqaro kompaniyaga ishga kirish, sun'iy intellektning kelajagi bo'yicha qimmatli ma'lumotlarga ega bo'lasiz.

Qachon: 6-may, shanba, soat 10:30
Qatnashish: bepul
Kim uchun: barcha uchun
Qayerda: «Najot Ta'lim», Farg'ona filialida

***

Temurbek Adhamov — Najot Ta'lim markazi rahbari va Jahongir Mamatqodirov — SMM Pro kursi ustozi bilan suhbat

Suhbat davomida: SMM, u orqali daromad topish va sohada rivojlanish bo'yicha o'zingizni qiziqtirgan savollarga javob olasiz. Ushbu master-klassda qatnashuvchilar uchun maxsus sovg'alar ham bor.

Mavzu: SMM orqali daromad topish va sohada qanday rivojlanish mumkin?
Qachon: 6-may, shanba, soat 14:30
Qatnashish: bepul
Kim uchun: barcha uchun
Qayerda: «Najot Ta'lim», Farg'ona filialida

Kelajagiga befarq bo'lmagan hamda foydali bilimlarga ega bo'lmoqchi bo'lgan barcha yoshlarni master-klasslarda kutib qolamiz.

Master-klasslar uchun o'z o'rningizni band qiling

78-888-9-888 | @aloqa_ntbot