Get Mystery Box with random crypto!

Dasturlash yo'nalishiga katta qabul boshlanganini e'lon qilami | Najot Ta'lim

Dasturlash yo'nalishiga katta qabul boshlanganini e'lon qilamiz!

Dasturlashning kasbiy ta'lim dasturining 1 yilda 4 marotaba qabul bo'ladigan Bootcamp-Foundation bosqichi uchun navbatdagi katta qabulga start berildi.

Ushbu bosqich dasturlashni 0 dan boshlab toki uning ma'lum yo'nalishida mutaxassis bo'lish jarayonini o'z ichiga qamrab olgan. Kursga nomzodlar kirish sinovlari orqali saralab olinadi.

Sinovlarda o'quvchilarning IQ va ingliz tilini bilish darajasi test savollari orqali sinovdan o'tkaziladi.

Dasturlash kasbiy ta'lim haqida batafsil ma'lumot

Sinov imtihonlari 7-13-14-21-27-28-may kunlari «Najot Ta'lim»ning Toshkent va Farg'ona filiallarida soat 10:00 va 14:00 da bo'lib o'tadi. O'zingiz uchun qulay vaqtni tanlab, qatnashishingiz mumkin.

Kelajagingizni dasturlash bilan bog'lash niyatida bo'lsangiz, @aloqa_ntbot manzili orqali kirish sinovlari uchun ro'yxatdan o'ting.

78-888-9-888 | @aloqa_ntbot