Get Mystery Box with random crypto!

​​Bozorni qanday dizaynerlar tark etishi kerak? 'Dizayn choyx | Najot Ta'lim

​​Bozorni qanday dizaynerlar tark etishi kerak?

"Dizayn choyxona" loyihasining 2-sonini qarshi oling. Ko'rsatuvimizning ushbu sonida Najot Ta'lim markazining bitiruvchilaridan biri, hozirgi kunda "Progress academy" markazida grafik dizayn yo'nalishi o'qituvchisi bo'lib faoliyat olib borayotgan Abdulloh Sur'atov mehmon bo'ldi.

Choyxonamizda bu safar dizaynerlarga bildiriladigan negativ fikrlar, fidbek berish va olish odoblari, qay turdagi dizaynerlar kasbini o'zgartirgani yaxshiligi, qanday bizneslar rebrendingga muhtojligi, biznes egasiga dizaynni tushuntirish sirlari kabi qiziqarli mavzularda suhbat bo'lib o'tdi. Qolganini choyxonada gaplashamiz.

Suhbat premyerasi bugun — 2-mart soat 20:00 da bo'lib o'tadi.

Choyxonaga o'tish:



Yana bir muhim eslatma: agar siz o'zingizda dizayn sohasiga qiziqish va qobiliyatni sezgan bo'lsangiz, 5-6-mart kunlari bo'lib o'tadigan dizayn foundation bosqichi kirish imtihonlariga marhamat.

Dizayn foundation imtihoniga ro'yxatdan o'tish

Administratorga yozish

+998712001123