Get Mystery Box with random crypto!

Hozirgi motivatsiyam — dadamning o'sha paytdagi duolari va so' | Najot Ta'lim

Hozirgi motivatsiyam — dadamning o'sha paytdagi duolari va so'zlari bo'lgan...

Insondagi har qanday qiyinchilik davri bu — o'tkinchi. Bunday davrlarda insondan faqat sabr, iroda talab etiladi. «Hammasi Najot Ta'limdan boshlanadi» loyihasining navbatdagi soni orqali bu fikrlar to'g'ri ekanligiga guvoh bo'lishingiz mumkin.

Markazimning grafik dizayn kursini muvaffaqiyatli tamomlab, hozirda «Anqo» dizayn studiosida Art director lavozimida faoliyat olib borayotgan Mahmudjon Kabilov loyihamizning 18-son mehmoni bo'ldi.

Mehmonimiz grafik dizayn sohasiga kirib kelishi, dastlab kurs to'lovi uchun bozorda ishlaganligi, yarim kechasigacha qilgan ishlari kuchsiz kompyuter sabab o'chib ketgan paytlari, so'ng hammasi o'z yo'liga tushib, eng birinchi maoshini dadasining qo'llariga tutqazganliklari va shu kabi hayot yo'llari haqida hikoya qilib berdilar.

Ushbu suhbatning premyerasi bugun — 20-fevral soat 20:00 da YouTube sahifamizda bo'lib o'tadi.

Havola:



Eslatma: Markazimizda grafik dizayn foundation bosqichi va unga o'quvchilarni kirish imtihonlari orqali qabul qilish tizimi joriy etildi. Dastlabki kirish imtihonlari 5-6-mart sanalarida bo'lib o'tadi. Ro'yxatdan o'tishingiz mumkin.

Grafik dizayn foundation bosqichi kirish imtihonlariga ro'yxatdan o'tish

P.S. Sizda ham hammasi «Najot Ta'lim»dan boshlanishi mumkin.

Administratorga yozish

+998712001123