Get Mystery Box with random crypto!

​Kim? Juniorlar? Chiqar hammasini tashqariga! | Juniorlarga ta | Najot Ta'lim

Kim? Juniorlar? Chiqar hammasini tashqariga! | Juniorlarga tavsiyalar

Ushbu so'zlar kimlarga qarata ishlatilganligi haqida bilsangiz kerak. Dasturlash olamida esa ko'rsatkich barmoqlar biroz boshqa tomonga burilgan.

Kompaniyalar ostonasida sarson bo'layotgan junior dasturchilarga bu ma'nodagi gaplar tanish bo'lsa kerak?! Ulardan kursni endi bitirgan holatlarida ishga kirish uchun tajriba so'ralishi, fikrimizcha, ko'pchilik uchun ham biroz alam qilsa kerak.

Aynan shu masala bo'yicha juniorlarning ruhiyatini ko'tarish va ularga hayotiy tajribalar ulashish maqsadida markazimizda dasturlash yo'nalishidan dars berayotgan Nurali O'ktamov, Abdulvohid Ergashev, Muhammadkarim To'xtaboyev va HR bo'limi rahbari Ali Zairovlar bilan ovozli suhbat o'tkazishga qaror qildik.

Ovozli suhbat bugun — 19-fevral soat 20:00 da bo'lib o'tadi. Barcha savollaringizga jonli efirning o'zida javob berishga harakat qilamiz.

Ovozli suhbatda qatnashish: https://t.me/najottalim?livestream

Foundation dasturlash imtihoni uchun ro'yxatdan o'ting

Administratorga bog'lanish

+998712001123