Get Mystery Box with random crypto!

'Erga tegma, uylanma!' 'Osmondagi bolalar' loyihasi mana | Najot Ta'lim

"Erga tegma, uylanma!"

"Osmondagi bolalar" loyihasi mana 1 yildirki, o'zining qo'ygan maqsadi yo'lida odimlashda, yoshlarga haqiqiy o'rnak vazifasini bajaradigan insonlarni kashf etishda davom etyapti.

Endilikda ushbu loyiha jamoa a'zolari jamiyatdagi dolzarb va yoshlarni o'ylantirib kelayotgan mavzularning sabab, oqibat va yechimlarini muhokama qilish uchun yangi "Alohida mavzu" loyihasiga qo'l urishdi.

Loyihaning ilk soni "Erga tegma, uylanma!" deb nomlanib, turmush qurish yoshida bo'lgan, allaqachon oila qurgan va baxtli oila qurishga harakat qilayotgan barcha uchun qiziqarli va manfaatli bo'lishiga ishonamiz!

Shunday ekan, loyihaning bugun, soat 20:00 da bo'lib o'tadigan premyerasini birinchilardan bo'lib ko'rishga barchani chorlaymiz! Uni quyidagi havola orqali tomosha qiling!

Havola: