Get Mystery Box with random crypto!

Qo‘y, u xafa bo‘lmasin, dedingiz va o‘zingiz xafa bo‘lishingiz | m.

Qo‘y, u xafa bo‘lmasin, dedingiz va o‘zingiz xafa bo‘lishingizga rozi bo‘ldingiz. Qo‘y, u ranjimasin dedingiz va ichga yutgan siz bo‘ldingiz. Qadringizni bilishmadi, ammo doim hurmat-ehtirom ko‘rsatgan siz bo‘ldingiz.
Qo‘ysangchizchi, yetar endi?! Doim harakat qilgan, ichga yutgan siz bo‘lmang. Qo‘ying, endi biroz ular harakat qilsin. Endi ular ham o‘ylasin. O‘zingizni charchatmang, ular ham bir harakat qilib, charchashlariga qo‘yib bering.
Yolg‘iz qolishdan qo‘rqmang. Kimnidir yo‘qotishdan ham. Ba’zan «Yo‘q» deyishni, «Bo‘lmaydi» deyishni ham bilishingiz kerak. Nima ular odam-u, siz odam emas, shundaymi?!