Get Mystery Box with random crypto!

Sizga xurmat ko’rsatuvchi insonni seving. Sevgida eng muhimi x | m.

Sizga xurmat ko’rsatuvchi insonni seving. Sevgida eng muhimi xurmatdir. Chunki xurmat bo’lmasa qadr va sevgi samimiy bo’lmaydi.
Sizga qonun-qoidalar qo’yish o’rniga, sizni xavaslantiradigan va yuzingiz kulishiga sabab bo’ladigan insonni seving. Vaqti kelsa yosh bola kabi o’yin-kulgu qila oladigan, Ona kabi dardlanadigan, Ota kabi ximoya qiladigan va xar bir muammoda g’azab bilan emas, sokinlik bilan eng chiroyli yechimni topa oladigan insonni seving.

Siz xush ko’rmaydigan narsalarni, o’zi xush ko’rmaydi deya ulardan sizni uzoqlashtirish o’rniga, o’sha narsalarni o’zi xam xush ko’rishga xarakat qiladigan insonni seving. Siz tinglaganingiz uchun, bir marotaba xam tinglamagan qo’shig’ini siz uchun sevib tinglaydigan insonni seving. Birgina xatoyingizda tashlab ketish o’rniga, xar doim yoningizda bo’la oladigan insonni seving. Siz yonida xuzur va baxt topgan insonni seving.