Get Mystery Box with random crypto!

Ma'mur Yunusov

Telegram kanalining logotibi myunusov — Ma'mur Yunusov M
Telegram kanalining logotibi myunusov — Ma'mur Yunusov
Kanal manzili: @myunusov
Toifalar: Iltimoslar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 48
Kanalning ta’rifi

Assalomu alaykum
​Senga taqdim etilayotgan har bir kun mo‘jizaga to‘la! Qalb ko‘zingni ochsang, ularni kutib emas, borligidan huzur qilib yashaysan.
Shaxsiy blog📒
Shaxsiy fikrlar ✍️
Muallif : @mamur_yunusov

Ratings & Reviews

3.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar

2023-01-07 18:02:17 Agar maktabga bormaganimda qanchalik ko'p narsani o'rganardim, degan fikr meni hali hamon afsuslantiradi.

@mamur_yunusov
26 views15:02
Ochish/sharhlash
2022-12-30 16:00:52 Ulg‘ayishning yoshga aloqasi yo‘q. O‘zingning qanchalik aqlli ekaningni ko‘z-ko‘z qilishdan uzoqlashib, bor e’tiboringni ishni halol va vijdonan bajarishga qaratganingda ulg‘aygan bo‘lasan. Ko‘pchilik qanchalik keksaymasin, ulg‘ayish bosqichiga yetib borolmaydi.

Tomas Sauel

@mamur_yunusov
107 views13:00
Ochish/sharhlash
2022-12-23 16:01:00 Yodlama, tushun

Tabiiyki, har birimiz o'z sohamizda yetuk kadr bo'lish uchun ko'plab ma'lumotlarni o'zlashtirishimiz kerak. Bu jarayonda oldimizga 2ta yo'l mavjud.

Biri shunchaki yodlash bo'lsa, ikkinchisi tushunish. Har ikkalasining ham natijasi bir xil. Oradagi farq faqat muddatlarda va...

Yodlash bu oddiy yechim. Ko'p hollarda tushunmasligimiz yoki uni istamasligimiz natijasida bu yo'ldan boramiz. Yodlangan har qanday ma'lumot deyarli uzoq vaqt xotirada qolmaydi.

Tushunish bu qiziq, qiyinroq va juda kerakli usul. Tushunib o'zlashtirilgan bilim insonda fikrlashni oshiradi. Bundan tashqari, ma'lumotlar bir umr biz bilan birga bo'ladi. U orqali yangi kashfiyotlarni ochish mumkin.

Misol uchun, siz yoshligingizda karra jadvalini yod olgansiz. 8×7=56 ekanligini esdan chiqardingiz. Lekin siz 8ta 7 ning natijasi 56 ekanligini topa olasiz. Xayolimga birinchi bo'lib shu misol keldi

Yodlash tushunishga yordamchi bo'lishi kerak. Aksi bo'lsa, siz professional emassiz.

@mamur_yunusov
154 views13:01
Ochish/sharhlash
2022-12-05 18:02:35 Aytmaganingiz uchun bir marta afsuslansangiz, sukut saqlamaganingiz uchun yuz marta pushaymon bo'lasiz.

Lev Tolstoy (Hayot yo'li)

@mamur_yunusov
216 views15:02
Ochish/sharhlash
2022-12-02 15:03:01 02.12.2022

Roppa rosa 1yil oldin shu kanalni ochgan edim. Bu davr mobaynida fikrlashimda, dunyoqarashimda ancha narsalar o'zgardi, o'ylashimcha.

O'z fikrini yozma tarzda ifoda etish o'ta muhim va bu har kimga ham yoqavermaydi. Ovozli xabar turganda, yozib vaqtimni bekorga sarflab nima qilaman, deysiz.

Yozma tarzda ifoda etishda aytmoqchi bo'lgan fikrimiz miyada ancha sayqallangan, tartiblangan bo'ladi. Buni odat qilish orqali ancha tajriba orttirasiz. Ishonmasangiz, 1yil oldingi postlarimni o'qib ko'ring

Kanalni ochishdan maqsad ham kimgadir aql o'rgatish emas. Bunday niyatim ham yo'q. Bu ish faqatgina o'zim uchun qilingan. Joiz bo'lsa qolganlar qandaydir naf olishlari uchun kanal linki profilimda turibdi.

@mamur_yunusov
246 views12:03
Ochish/sharhlash
2022-11-23 20:22:01 Unday emas.

Barvaqt uyg'onding degani, ishing muvafaqqiyatli bo'ladi degani emas. Agar vaqtingni o'sha "PUBG" ga sarflayotgan bo'lsang.

Televizor ko'rmaysan degani, vaqti yo'q, band odamsan degani emas. Agar o'rnini ijtimoiy tarmoqlar bn to'ldirayotgan bo'lsang.

Kimnidir yaxshi ko'rmadi degani hissiz odam degani emas.

Urushmadi degani qo'lidan hech narsa kelmaydi degani emas.

Ishga, darsga kechikdi degani mas'uliyatsiz degani emas va yana aksincha, erta keldi degani mas'uliyatli degani emas.

Xulosa chiqarishda ba'zi narsalarga e'tibor qaratishimiz kerak. Hammasi biz o'ylagandek bo'lavermaydi. Biz shakar deb o'ylagan narsa aslida tuz bo'lishi mumkin.

@mamur_yunusov
275 views17:22
Ochish/sharhlash
2022-11-22 18:01:14 Bir kuni sham oʻzini yoʻq qilgan ipni quchoqlaganini tushunadi.

Ayman Yogʻiy

@mamur_yunusov
230 views15:01
Ochish/sharhlash
2022-11-18 20:22:01 Kitob : "Atom odatlar"

Maqsaddan ko'ra tizimga e'tibor
bering.

Maqsad bilan tizim o'rtasidagi farq nimadan iborat?
Maqsad - erishishni istagan natijalarimiz, tizim esa shu natijalarga erishish jarayonidir.

Maqsadga e'tibor qaratib, tizimni bir chetda qolib ketishi bir qancha muammolarga sabab bo'ladi
G'olib va mag'lublarning maqsadi bir xil.
Misol uchun minglab yoshlarning maqsadi oliy o'quv yurtiga kirish. Bunda faqat maqsadga emas, tizimga ham diqqatli bo'lganlar g'alaba qozonishadi.
Maqsadga erishish oniy hodisa, xolos
Tasavvur qiling, uyingiz yoyilib yotibdi. Uni tartibga keltirishni maqsad qildingiz. Kuch g'ayrat topib, uni tartibga keltirdingiz. Lekin uyning bu holatga kelishiga sabab bo'ladigan odatlardan voz kechmasangiz, u yana avvalgi holatiga qaytadi
Maqsadlar baxtimizni chegaralaydi.
Maqsadimga erishsam o'zimni baxtli his qilaman deb baxtni ortga surgandan ko'ra tizimga e'tibor bergan afzal
Maqsadlar uzoq muddatli o'sish bilan to'g'ri kelmaydi.
Barchamiz maqsadga erishgandan keyin harakatdan to'xtaymiz.

@mamur_yunusov
243 viewsedited  17:22
Ochish/sharhlash
2022-11-02 20:33:02 Kitob: "Atom odatlar"

Chinakam o'sish aslida qanday bo'ladi?
Biz barchamiz qilayotgan harakatlarimizni tezda natija berishiga umid qilamiz. Dastlabki bir necha kun, hafta va hatto oylar ichida ham aytarli natija ololmaganimizdan keyin umidsizlikka tushib qolamiz. Shuni unutmang, eng yaxshi natijalar eng oxirida kuzatiladi.

Biror odat vaqt o'tishi bilan foydasizdek ko'rinsa ham, ularni intizom bilan doim takrorlasangiz oxirida o'zingiz kutgan natijaga erishasiz. Hal qiluvchi voqealar odatda undan avval qilingan ko'plab harakatlarning mahsuli bo'ladi.

O'zimni chorasiz qolgandek his qilganimda, sangtarosh ustalarni ko'rgani boraman. Usta toshga bolg'a bilan 100marta uradi. Xarsangda aqalli 1ta yoriq paydo bo'lsa ham mayli edi. Ammo 101-zarbadan keyin tosh o'rtasidan ikkiga bo'linadi. Biroq bu oxirgi zarbaning ta'siri emas, balki undan oldingi barcha zarbalarning mahsulidir.

@mamur_yunusov
247 viewsedited  17:33
Ochish/sharhlash
2022-11-01 20:33:01 Kitob: "Atom odatlar"

Kichik o'zgarishlar katta natijalarga olib keladi. Biz barchamiz ortiqcha vazndan qutulish, yangi biznesga asos solish, kitob yozish, hammani lol qoldiradigan, tog'ni talqon qilib yuborgudek ulkan ishlarni qilishga va el og'ziga tushishga harakat qilamiz.

Bu orada esa 1% li yaxshilanishlarga ahamiyat bermaymiz. Lekin aynan shu mitti o'zgarishlar ulkan natijalarga sabab bo'ladi. Bu fikrni matematik tarzda quyidagicha ifodalash mumkin:

Agar siz har kuni 1% dan yaxshilanib borsangiz, 1yildan so'ng yil boshidagiga nisbatan 37 barobar o'sish kuzatiladi. Aksincha, agar har kuni 1% dan yomonlashib borsangiz, yil oxirida deyarli 0 ga tushib qolasiz.

0.99³⁶⁵ = 00.03
1.01³⁶⁵ = 37.78

@mamur_yunusov
219 viewsedited  17:33
Ochish/sharhlash