Get Mystery Box with random crypto!

Google kompaniyasi dunyo bo’ylab eng ommabop qidiruv so’rovlar | Azimov's Group | Portfolio

Google kompaniyasi dunyo bo’ylab eng ommabop qidiruv so’rovlari bo’yicha "Year in Search" yillik reyting natijalarini e’lon qildi.

Unga ko’ra, 2022-yilda Google foydalanuvchilari tomonidan eng ko’p berilgan so’rov Wordle onlayn-o’yini bo’ldi.




Ushbu o’yinni dasturchi Josh Uordl 2021-yilda ishlab chiqargan va keyinchalik Nyu-York Taymsga sotgan.

Wordle’ni kuniga bir marta o'ynash mumkin. O'yinchining asosiy vazifasi - besh harfdan iborat so'zni topish. Har kuni yangi, dunyodagi barcha foydalanuvchilar uchun bir xil so’z beriladi. Har bir foydalanuvchiga kun so'zini topish uchun oltita urinish beriladi. O’yin bir necha daqiqa davomida o’ynaladi.

Ushbu o'yin shu qadar mashhur bo'ldiki, u boshqa Google qidiruv so’rovlari reytingiga ham ta'sir qildi.

Qidiruv reytingining ikkinchi o’rinida “India vs England” so’rovi joylashdi, u yozda, kriket bo’yicha jahon chempionatining yarim final o’yini chog’ida trendga chiqqan.

Global so’rovlar ro’yxatida uchinchi o’rinni Ukraina egallagan.

Shuningdek, Ukraina so’zi “Yangiliklar” kategoriyasidagi so’rovlar ichida birinchi o’ringa chiqqan. Ikkinchi o’rinda esa Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizaveta II ning o’limi, uchinchi o’rinda — AQSHda noyabrdagi oraliq saylovlar natijalari joylashdi.

“Odamlar” kategoriyasi bo’yicha so’rovlar ichida aktyor Jonni Depp birinchi o’rinni egalladi, u bu yil sobiq rafiqasi Ember Xyord (u shu kategoriyada uchinchi o’rinda) bilan sudlashib, yutib chiqqan edi. Ikkinchi o’rinni esa aktyor Uill Smit egalladi, u “Oskar” marosimida rafiqasining soch turmagi haqida hazil qilgan qiziqchi Kris Rokka (shu kategoriyada beshinchi o’rinda) musht tushirgandi. To’rtinchi o’rindan Rossiya prezidenti Vladimir Putin joy olgan.

Ma’lumot o’rnida, Google foydalanuvchilari sportchilar orasida tennischi Novak Jokovichni, filmlar ichida “Tor: Muhabbat va Yashin”ni, seriallar orasida esa “Eyforiya”ni eng ko’p qidirgan.

@MYPOFO