Get Mystery Box with random crypto!

Hurmatli Yagona milliy mehnat tizimining foydalanuvchilari! | Электрон мехнат дафтари

Hurmatli Yagona milliy mehnat tizimining foydalanuvchilari!

Endilikda yangi xodimni ishga olishda, xodimning elektron mehnat daftarchasi ma'lumotlarini ko‘rish imkoniyati mavjud.

Elektron mehnat daftarcha ma'lumotlarini ko‘rish uchun:

Shaxsning JShShIR (pasportdagi 14 ta raqam) yoki STIR raqami kiritiladi.

my.mehnat.uz saytida jismoniy shaxsning shaxsiy kabinetida ko‘rsatilgan telefon raqami yoki elektron pochta manzili (agar jismoniy shaxs my.mehnat.uz saytida ro‘yxatdan o‘tmagan bo‘lsa, unda ro‘yxatdan o‘tish kerak bo‘ladi va shundan so‘ng potensial ish beruvchida shaxsning mehnat faoliyatiga oid ma'lumotlarni ko‘rish imkoniyati paydo bo'ladi).

Ish beruvchi jismoniy shaxsning elektron mehnat daftarchasini ko‘rish uchun:

Ish beruvchining shaxsiy kabinetida "Tashkilot kabineti" sahifasiga o‘tishi lozim.

"Fuqaro haqida ma'lumot olish" bandini tanlash lozim.

Shaxsning kerakli ma'lumotlarini kiritish zarur.


Qo‘shimcha ma'lumot uchun telegram guruhiga o‘tish
Qo‘llab-quvvatlash xizmati: (71) 200 70 30


https://t.me/YaMMT_ENST_NEWS