Get Mystery Box with random crypto!

Statistika gapirsin. Oilaviy ajrimlarning eng katta sababi - | muzakkir_uzz

Statistika gapirsin.

Oilaviy ajrimlarning eng katta sababi - mast qiluvchi ichimliklar iste'mol qilish va tilni tiya olmaslik;

Davlat rivojlanishining eng katta to'sig'i- korrupsiya;

Dunyodagi eng jiddiy va xurujli kasalliklarning sababi - chekish;

Nasl-nasabning buzilishi, foxishabozlikning ko'payishining eng katta sababi - erkak va ayollar o'rtasidagi mahramiyat chegaralari yo'qligi;

Qariya ota-onalarning qarovsiz ko'chada qolishi yoki oyoq osti qilinishining sababi - ota-onaga oq bo'lib o'lgan odam jannatga kira olmasligini bilmaslik;

Nosog'lom tug'ilayotgan go'daklar, kasalligi jiddiy bo'lgan yoshlar, umrini ko'p qismini kasalxonada yashayotgan qariyalarning asosiy sababi - Rasulimiz alayhissalomning sog'lom turmush tarzi borasidagi sunnatlarning unutilganligidir;

Kambag'allikning ko'payishining asosiy sababi - zakotga e'tiborsiz bo'lishdir;

Davlatlar o'rtasidagi qonli urushlarning asosiy sababi - dunyoni sevishda haddan oshish;

Ilm yo'lidan yurmaslikning asosiy sababi - ilmdan o'zga najot yo'qligini anglamaslik;

Namoz o'qimaslikning asosiy sababi - hisobdan qo'rqmaslik, oxiratni unutish, Robbisidan qo'rqmaslik;


P.S: Hech kim inkor qila olmaydiki, yuqoridagi sanalgan sabablar jamiyat va davlatni kemirayotgan eng katta muammolarning asosidir. Ana o'shalar pok Islom dinimizda qoralangan, qaytarilgan, harom qilingan amallardir. Shunchaki, dinimizni yashasak, kifoya!

@muzakkir_uzz